SALOMATLIKNING TO‘RT QOIDASI

yoki ortiqcha vazndan saqlanish

To‘g‘ri ovqatlanish

Tarkibida ko‘p miqdorda kletchatka bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish (nok, olma, olxo‘ri, kepakli qora non) nafaqat me’da-ichak tizimini ortiqcha xitlardan tozalaydi, balki yurak faoliyatiga ham ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, ichaklar peristaltikasi (harakati)ni yaxshilaydi. Yana organizm xiltlardan tozalanganligi natijasida esa saraton xastaliklarining oldi olinadi.

Jon rohati bo‘tqalar

Yevropaliklar asrlar davomida nonushtada suli, tariq yormasidan tayyorlangan turli bo‘tqalarni suyib iste’mol qilishadi. Xitoy, koreys va yapon xalqi oshxonasida esa xom baliq va dengiz mahsulotlari, sarxil sabzavotlardan tayyorlangan har xil salat va taomlar asosiy o‘rin tutadi. O‘z salomatligi haqida jiddiy qayg‘urgan inson hayvon yog‘lari va go‘sht mahsulotlarini me’yorida iste’mol qiladi. Ayniqsa, lahm go‘shtni haftada uch marta tanovul qilish kifoya. Baliq, dukkaklilar va yog‘siz sut mahsulotlari organizm uchun beqiyos oqsil manbaidir.

Qon bosimini me’yorda ushlash

Organizmdagi baroretseptorlar tomonidan (bu retseptorlar bo‘yin sohasida joylashgan) qon bosimining o‘zgarib turishi nazorat qilinadi. Ushbu retseptorlar qon bosimini ko‘tarilganini emas, balki o‘zgarganini (ya’ni, uning tebranganday bir tushib, bir ko‘tarilishini)qayd etadi. Agar qon bosimi ko‘tarilgan paytda baroretseptorlar tomonidan ushbu ko‘rsatgich belgilab qo‘yilsa organizm shu holatga moslashadi. Shundan so‘ng asta-sekin yuqori, ammo barqaror qon bosimi vujud uchun me’yor sifatida qabul qilinadi. Keyin bu asab tolalari uning tushishiga yo‘l qo‘ymay, ushbu me’yorda ushlab turadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish va kam harakatlik sababli qon bosimingizning oshib ketmasligiga e’tibor qarating. Har bir odamning organizmi o‘ziga xos (individual). Shu sababli kimgadir me’yor hisoblangan qon bosimi boshqa birov uchun past va yuqori bo‘lishi mumkin. Shu sababli dori vositalarini faqatgina shifokor tavsiyasi bilan ichish kerak.

Jismoniy faollik

Inson doimo sog‘lom bo‘lishi uchun tinimsiz harakat qilishi zarur. Harakat – bu uzoq umr garovi. Ochiq havoda sayr qilish, ko‘proq piyoda yurish, ertalab yugurish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, velosiped haydash, suzish va shu kabi serharakat kundalik mashg‘ulotlar qon aylanishini yaxshilaydi. Shuningdek, organizmdagi ortiqcha xiltlarni eritib, tanani yoshartiradi.

Vaznni nazorat qilish

Bo‘y uzunligiga nisbatan vazn me’yorda bo‘lishi zarur. Masalan: Sizning bo‘yingiz 180 sm bo‘lsa undan 100 sm. ni ayirasiz. Shunda Sizning me’yordagi tana vazningiz 80 kg. ni tashkil etishi kerak. Ortiqcha vazn, ayniqsa, metabolik sindrom, ya’ni, qorin sohasida yog‘ qatlami paydo bo‘lishi Sizning o‘z sog‘lig‘ingiz haqida jiddiy o‘ylashga majbur qiladi.

Yana o‘qing:  Umurtqa kasalligi qon bosimiga ta’sir qiladimi?

GULSHIRIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: