3D-PRINTERI YORDAMIDA UY QURILDI
Xitoyning “Zhuoda Group” kompaniyasi 3D-printerda chop etilgan modullar asosida ikki qavatli uy qurdi. Mazkur bino 9 magnitulali zilzilaga ham chidamli.
Uy 3D-printerda chop etilgan olti paneldan iborat. Ushbu panellar qurilish maydoniga olib kelinib, kran yordamida mehmonxona, yotoqxona, oshxona va vannaxonadan iborat yagona majmuaga aylantirildi. Binoni “qurish” uchun atigi uch soat vaqt sarflandi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, umumiy maydoni 500 km2 bo‘lgan to‘laqonli uyni birgina 3D-printer yordamida chop etib, 15 kunda yig‘ib, bitkazish mumkin. Mazkur uy har qanday ob-havo sharoitida kamida 150 yil xizmat ko‘rsata oladi.
Modullarni chop etishda foydalanilgan xomashyolar ro‘yxati oshkor etilmayapti – ro‘yxatda sement yo‘qligi ma’lum, xolos. Konstruksiya uchun 22 dan ortiq patent olingan. Uy tomi olovga chidamli va suv o‘tkazmas materialdan tayyorlangan, ichki pardoz elementlari ham qisman 3D-printerda chiqarilgan.