BOLALIK
Zamin uzra yog‘ar oppoq qor,
Izg‘irin ham kezib qoladi.
Bolalarning bari o‘ynar qor,
Qish zavqini dilga soladi.
Bolalik bu shirin xotira,
Qaytmas ekan ortiga boqib.
O‘ynagandik tinmay qor-bo‘ron,
Qolgan edi qish fasli yoqib.
Maftuna SALOMOVA,
Toshkent shahar Chilonzor tumani 90-maktab, 9-sinf o‘quvchisi