UKAJONIM
Ukajonim Shomurod,
Adajonimga tortgan.
Barcha unga parvona,
Sevib mehrimiz ortgan.
O‘zi rosa shumtaka,
To‘rt yoshga endi to‘ldi.
U qiyqirib kulganda,
Barcha shod-bayram bo‘ldi
Ukajonim aqlli,
Hamda mard bo‘lsin doim.
Katta bo‘lar muchali,
Kelganda, – deydi oyim.
E'zoza USMONXO‘JAYEVA,
poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 34-maktabning 4-sinf o‘quvchisi