BARKAMOL AVLOD MARKAZIDA

Bolalarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tmoqda

Bolalarning yozgi ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida ko‘plab oromgohlar, to‘garaklar va turli kasb-hunar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

U yerda bolalar nafaqat vaqtlarini maroqli o‘tkazish, balki hunar o‘rganishga ham muvaffaq bo‘lishmoqda. Buxoro viloyatida ham bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Buxoro shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi ham ana shunday dargohlardan biridir.

Ushbu maskan barcha zarur o‘quv anjomlari, kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlangan bo‘lib, markazda badiiy va texnik ijodiyot, ekologiya, o‘lkashunoslik yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Shu bilan bir qatorda yoshlarning ma’naviy ongi va dunyoqarashini yanada shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda yoshlar faol ishtirok etayotir.

Bunday tadbirlar o‘z-o‘zidan bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish bilan bir qatorda har bir kunning qadriga yetish va undan unumli foydalangan holda yangi-yangi bilimlarni egallashga o‘rgatadi.

Yana o‘qing:  Hunardan naf yelga emas, elga

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: