TIBBIYOT KADRLARI SALOHIYATINI OSHIRISH – ZAMON TALABI

Yaqinda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga asosan tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va mutaxassislikka yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar, uning natijalari va samaralari” mavzuidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Shifokorlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalasi tibbiy yordam sifatini yaxshilash hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda mamlakatimizning yetakchi oliy o‘quv yurtlari klinik muammolarni hal etishga asoslangan modul ta’limini joriy etilgani haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Mazkur texnologiya jahon tibbiy ta’lim amaliyotida istiqbolli hisoblanadi va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu bo‘lajak shifokorni mutaxassis sifatida tayyorlash jarayonida katta o‘rin tutadi.

Barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua elektron o‘quv modullarining ingliz tili nusxalari tayyorlandi. Hozirda ingliz tilida muammoli integratsion ma’ruzalar o‘qilmoqda. Talabalar va yosh olimlar orasida ingliz tilida ilmiy anjumanlar o‘tkazish an’anaga aylandi.

Uzluksiz ta’limni ta’minlash maqsadida vrachlar 288 soat, farmatsevt va o‘rta tibbiyot xodimlariga 144 soat hajmidagi va har 5 yilda malaka oshirish majburiy tartibda belgilangan. Malaka oshirish ishdan ajralgan va ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasini berish uchun ikki bosqichli attestatsiya, kompyuter-test va og‘zaki imtihonlar tartibi ishlab chiqildi. Birinchi bosqichda attestatsiyadan o‘tuvchi xodimlarni masofadan onlayn rejimda kompyuter-test sinovidan o‘tkaziladi va ikkinchi bosqichda yuqori malakali kadrlardan tuzilgan maxsus komissiya orqali og‘zaki sinovlardan o‘tkaziladi.

Gulchehra ShIRINOVA,

Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Kitob bayrami

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: