SERJILO O‘ZBEK MATOLARI DUNYO E’TIROFIDA

Mayin shamollar egnidagi bejirim ko‘ylagi etagini tebratib o‘tayotgan qizaloq yoki bolajon tabassumiga monand kiyib olgan ko‘rkam kiyimini ko‘rgan har bir kishi albatta libos dizaynerining didiga o‘zicha yuksak baho berishi tabiiy. Chunki, libos yaratish ham o‘ziga xos ijodkorlikni talab etadi.

Bu izlanishlar yaratilayotgan liboslarda o‘ziga xos milliylik timsolini yaratishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston iqlimi issiq mamlakat bo‘lib, yil davomida namlikning kamligi kabi muhim jihatlar bolalar liboslarini yaratishda e’tiborga olinishi lozim. Bolalar uchun kiyimlar yaratishda nafaqat insonning estetik didi, balki eng avvalo kichkintoylarning jismoniy rivojlanishini hisobga olish ham talab etiladi. Jajjilarni atrof-muhitning tashqi ta’siridan himoya qilish, organizm uchun qulay va havo o‘tkazadigan tabiiy matolardan, jumladan, paxta tolasidan tayyorlangan satin, chit va pilladan tayyorlanadigan ipak tolali shoyi, atlas, adras, beqasam kabi matolardan yaratilgan liboslar tavsiya etiladi.

Ranglarning yorqinligi bolalarda atrofdagi buyum va hodisalarga nisbatan dunyoqarashini kengaytiradi va uning tez rivojlanishini ta’minlaydi. Ularning fe’l-atvori shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi. Kichkintoylar uchun tayyorlanayotgan liboslar birinchi o‘rinda gigiyenik qulayligi hamda ularning rivojlanish davridagi harakat beqarorligi asosida oddiy bichimlar ko‘rinishida bo‘lishi zarur. Bundan tashqari ularning narxi ham iste’molchi talabidan kelib chiqqan bo‘lishi lozim. Ota-onalarning farzandlari uchun har jihatdan qulay, arzon hamda sifatli kiyim-kechak xarid qilishi oila byudjeti uchun muhim ahamiyatga ega. Kiyimdagi shakl o‘zgarishi undan uzoq muddat foydalanish imkonini beradi. Kiyimlar dizaynini yaratishda mamlakatning iqlim sharoiti bilan bir qatorda iste’molchi talabiga mos mahsulotni yetkazib berish iqtisod rivojiga katta hissa qo‘shadi. Birgina paxta tolasidan tayyorlangan chit matoni olsak. U havo o‘tkazishi, yumshoqligi, terlashdan saqlashi hamda quyoshning zararli nurlarini tanaga o‘tkazmasligi bilan ham kichkintoylarning o‘sishiga ijobiy ta’sir etadi. Shoyi matoning yengilligi, hamda pishiqligi, tana haroratiga mos kelishi undan tayyorlangan liboslarning bozorini chaqqon qiladi. Ushbu matolar nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham xaridorgirdir. O‘tgan yillar davomida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutimiz bilan Fransiya davlati o‘rtasida tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik dasturi asosida ushbu davlatda bo‘lib liboslarimni namoyish etdim. Ana shu chit va shoyi matolardan tayyorlangan liboslar chet ellik tengdoshlarimda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, “London moda haftaligi” ko‘rgazmasida dizayn loyiham bilan qatnashdim.

Yana o‘qing:  Hind sori yuzlanib

Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Bolajonlar-shirintoylar” bolalar moda liboslari festivalida “Yoz bo‘yoqlari” to‘plamim bilan qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Tanlagan kasbimga bo‘lgan qiziqishim tufayli “Marvarid” bolalar studiyasi uchun yaratgan liboslarim hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baho oldi.

Ha, yurtimizda biz yoshlar uchun yaratilgan sharoitlardan boshimiz ko‘kka yetadi. Ulardan oqilona foydalanish esa faqat o‘zimizga bog‘liq. Niyatim kelajakda mohir dizayner bo‘lib o‘zbek matolari dovrug‘ini dunyoga yoyish hamda shirintoy uka-singillarim uchun yanada ko‘rkam va serjilo, tabiiy tolali matolardan bejirim liboslar yaratishdir.

Laziza QOSIMXO‘JAYEVA,

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: