KARDIOLOGIYa SOHASIDAGI YUTUQLAR

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kardiologlar uyushmasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi hamkorligida O‘zbekiston kardiologlarining VII s’yezdi tashkil etildi. Unda Janubiy Koreya, Hindiston, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Vengriya, Polsha, Chexiya va boshqa mamlakatlardan yuzga yaqin olimlar, shifokorlar, yosh tadqiqotchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Alimov, Kardiologlar uyushmasi raisi R.Qurbonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash sohasining barcha yo‘nalishlari, xususan, kardiologiyani izchil rivojlantirish, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani va ular yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har ming chaqaloqning 6-7 nafarida tug‘ma yurak nuqsoni qayd etiladi. Bu xastalikni operatsiya yo‘li bilan butunlay bartaraf etish va bemorni to‘laqonli hayotga qaytarish mumkin.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston tibbiyotida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholar ekan, o‘tgan davrda mamlakatimizda tibbiy xizmatning jahon andozalari darajasidagi o‘ziga xos milliy modeli yaratilganini ta’kidladi.

S’yezd doirasida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, jumladan, kardiologiya sohasida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlab tashkil etilgan ko‘rgazma tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kardiologik xizmatning bugungi ahvoli va istiqbollari, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, ularni jarrohlik yo‘li bilan davolash, innovatsion texnologiyalar va ularning amaliyotga tatbiq etilishiga oid ma’ruzalar tinglandi, fikr almashildi.

S’yezd majlislarida mamlakatimiz va dunyoda kardiologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritildi. Yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishning strategik vazifalari, mazkur xastaliklarning turli klinik shakllarini diagnostika qilish va davolashning dolzarb muammolari, arterial gipertoniya, surunkali yurak yetishmovchiligini davolashning zamonaviy imkoniyatlariga oid masalalar atroflicha muhokama etildi.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  MAMLAKATIMIZDAGI 70 FOIZ DORIXONALAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: