IZLANISHLAR KAMOLGA YETKAZADI

Oila – go‘zal orzular va ulug‘ maqsadlarga ilhom beruvchi muqaddas go‘sha. Ana shunday obod xonadonda ulg‘ayib kelayotgan kelajak avlod ham bunyodkorlik va ezgulik nafasi ila kamol topadi. Munisaxon Usmonxo‘jayeva Toshkent shahridagi ziyoli, mahalla-ko‘yda o‘z obro‘-e’tiboriga ega xonadonlarning birida tug‘ilgan.

Bolaligida u o‘zining qiziquvchanligi va kuchli zehni bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turardi. Ayniqsa, u borliqqa, tabiatning sirli, maftunkor hodisalari haqidagi kitoblarni varaqlashga qiziqardi. Ba’zida bu borada o‘zining savollari bilan ota-onasiga, kattalarga tez-tez murojaat etib turardi. Undagi intiluvchanlikni otasi Homidxon aka va onasi Dilfuzaxon opa qizg‘in qo‘llab-quvvatladi. Munisaxonning bilim olishi uchun har tomonlama shart-sharoit yaratib berishdi. Chunki, biri arxitektor va yana birlari shifokor bu insonlar oiladagi barcha farzandlarining o‘qimishli bo‘lishlarini istashardi. Qiziqish va intilishlar bora-bora uni O‘zbekiston Milliy universitetining geografiya fakultetida ta’lim olishga undadi. Munisaxonni qiziqtirgan nabotot olami borasida ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borishiga fakultet dotsenti Shavkat Sharipov yaqindan yordam berdi.

– Munisa nihoyatda tirishqoq qiz, – deydi ustoz o‘z talabasi haqida so‘zlarkan. – Undagi ziyraklik, bilim olishga intilish, har bir ishiga mas’uliyat bilan yondashishi o‘ziga xos fazilatlaridandir. Aminmanki, insondagi bu ijobiy sifatlar uni ulkan maqsadlar sari yetaklaydi, yuksaklikka eltadi.

Munisa Usmonxo‘jayeva ustozi ko‘magida ilmiy izlanishlar olib borib, universitetning bir qator nashrlarida o‘zining maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universitetining 95 yilligi va geografiya fanlari doktori, professor A. Soliyevning 70-yilligiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallarida uning ham “Dorivor o‘simliklarning tarqalishida tabiiy geografik omillarning ahamiyati” nomli ilmiy maqolasi chop etilgan. O‘zining iqtidori va mehnati samarasi o‘laroq fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgani, chop etgan bir qator maqolalari, ilmiy anjumanlardagi faol ishtiroki tufayli tirishqoq talaba qiz O‘zMUning maxsus stipendiantiga aylandi.

Hozirda Munisaxon ilmiy izlanishlarini davom ettirgan holda malakaviy bitiruv ishi bo‘yicha “Toshkent viloyatida dorivor o‘simliklarning tarqalishi” mavzusida izlanishlar olib boryapti.

Dilafro‘z ESHONXONOVA

Яна ўқинг:  Касб-ҳунар таълими: бугунги билим эртанги кун тамал тоши

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: