OSMONIMIZ MUSAFFO BO‘LSIN

1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasimiz – huquqiy davlat tuzish, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish, qadr-qimmatini ta`minlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Bosh Qonunimiz o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan milliy mentalitetga, an`analarga va tarixiy madaniyatga tayanadi. Unda Yevropa davlatlari Konstitutsiyasida uchramaydigan o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan an`analar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, 66-moddada “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar” – deya belgilab qo‘yilgan.

Serquyosh diyorimizda Bosh Qomusimizning 20 yilligi keng nishonlanmoqda. Bizning ta`lim muassasada ham ushbu bayramga qizg‘in hozirlik ko‘rildi.

Biz – mustaqil yurt farzandlari o‘zimizning Konstitutsiya borasidagi bilimlarimizni mutahkamlab borsak, har qanday vaziyatda, inson huquqlariga, jamiyat manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarga va tahdidlarga qarshi kurasha olamiz.

Gulzoda MAMATQULOVA,

S. Sirojiddinov nomidagi akademik litsey

3-bosqich o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Istiqlolning istiqbolli farzandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: