So‘z erkinligi – OAVning asosiy vazifasi

Poytaxtimizda “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini mustahkamlash – so‘z erkinligini ta’minlashning muhim omili” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi, YeXHT va YUNYeSKOning mamlakatimizdagi vakolatxonalari, K.Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston milliy axborot-media makonining bugungi ahvoli va rivojlanishi tahlili shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun keng huquqiy maydon yaratilgan bo‘lib, u xalqaro tajriba va zamonaviy voqeliklar hisobga olingan holda yanada takomillashtirilayotir. Xalqaro standartlar hamda demokratik davlatlarning ilg‘or tajribasiga tayangan holda faoliyat yuritayotgan mamlakatimiz bosma nashrlari va elektron ommaviy axborot vositalari xalqimiz milliy qadriyatlarini yetarlicha aks ettirmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilar teleradioeshittirishlar tizimi va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning huquq hamda erkinliklarini kengaytirish, mustahkamlash, media sohasining qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy tajriba bilan ham tanishdi.

B.HALIMOV

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-20)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: