Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari

Ularning oldini olish jiddiy asoratlardan asraydi

Stomatit

Stomatit – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishi, ya’ni og‘iz yelikishi ham deyiladi. Bu xastalik mustaqil kasallik holida kechishi ham, boshqa dardlarning(qizamiq, qizilcha, gripp, kandidoz) belgisi ham bo‘lishi ham mumkin.

U moddalar almashinuvi kasalliklari (avitaminoz – vitaminlar yetishmovchiligi, qandli diabet) asab va ichki a’zolar kasalliklari, vitamin yetishmovchiligi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Chekish, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, juda issiq yoki sovuq, nordon, sho‘r ovqatlar yeyish ham stomatitga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanlik ortganda xususan, pala-partish antibiotiklarni ichib o‘z-o‘zini davolaganda, balog‘atga yetish davrida, aql tishi chiqishi qiyinlashganda ham stomatit ro‘y beradi.

Ushbu kasallikning shakli har xil bo‘lishiga qaramay ularning umumiy o‘xshash belgisi bor. Ya’ni, bu xastalikda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati qizaradi. Uning atrofidagi to‘qimalar shishadi, jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi. Xastalik o‘tkir va surunkali kechadi.

Stomatitning kataral, yarali nekrotik, aftoz xillari farqlanadi.

Ayrim dori moddalarining yoqmasligi oqibatida, kimyoviy moddalar ta’sirida medikamentoz stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining o‘tkir kechuvchi, kasallangan tishlar yoki tish protezidan jarohatlanish natijasida travmatik stomatit paydo bo‘ladi. Travmatik stomatitning Bednar aftasi (chaqaloqlar aftasi) shakli go‘daklarda kuzatiladi. Stomatitning oldini olish uchun og‘rigan tishlarni va organizmning umumiy kasalliklarini o‘z vaqtida davolash, shilliq qavatning yallig‘lanishiga sababchi bo‘ladigan omillarni bartaraf etish zarur.

Gingivit

Gingivit – milkning yallig‘lanishi bo‘lib, mahalliy va umumiy omillar ta’sirida rivojlanib, tish-milk bog‘lanishining buzilishisiz kechadi. Gingivit uzoq vaqt davomida faqat o‘rta va katta yoshli bemorlarda uchraydi, degan fikr yuritilar edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi ma’lumotlariga ko‘ra bu kasalliklar dunyoning turli hududlaridagi 80 foiz bolalarda ham kuzatilar ekan.

Kasalliklarning rivojlanishiga ko‘p sonli omillar ta’sir qiladi: og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga amal qilmaslik, sifatsiz protezlar, tish-jag‘ nuqsonlari, ftor qo‘shilgan suvni ichish, uzoq vaqt parhez qilish, somatik(ichki) kasalliklar shular qatoriga kiradi.

Ko‘pchilik mualliflar paradontdagi o‘zgarishlar tish pilakchasidagi ko‘p sonli mikroorganizmlarning ta’sir ko‘rsatishi sababli rivojlanadi deb hisoblashadi. Tish pilakchasi tish o‘qi bo‘ylab siljib, mikroorganizmlarning toksin (zahar)lari ta’sirida milk to‘qimalarini yallig‘lantiradi. Ular milk to‘qimalari bilan muloqotda bo‘lgan sohaga kuchli ta’sir qilib, moddalar almashinuvini izdan chiqaradi. Agar gingivit davolanmasa tish-milk epiteliysida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keladi va parodontit kasalligi rivojlanadi. So‘lak tarkibining milk kasalliklarini rivojlanishidagi ahamiyati kattadir. Uning immunologik xossalarining o‘zgarishi, miqdori, modda ajralishi tezligining buzilishi tish karashi hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Tish pilakchasi milkka uzoq vaqt davomida ta’sir qilganda organizmda mikroblar to‘planadi va autoimmun jarayon yuzaga keladi. Milkning yallig‘lanish jarayonida streptokokklar va stafilakokklar, bakteritsidlar, fziobakteriyalar, spiroxetlar katta rol o‘ynaydi.

Yana o‘qing:  Laktostaz – talaba onalar xastaligi (mi?)

Mahalliy shikastlovchi omillarga yana protez nuqsonlari-qoplamalarning qirrasi uzunroq qo‘yilsa, olib-echiladigan ayrim protezlar, tish davolash nuqsonlari – milkda plomba miqdorining ko‘pligi, tish kovagi ichidagi dorivor moddalarning ta’siri, noto‘g‘ri tayyorlangan ortodontik apparatlar misol bo‘ladi.

Umumiy omillar:

A,V,Ye,S vitaminlari tanqisligi gingivit rivojlanishida katta ahamiyatga ega. S vitamini yetishmaganda parodontning kollagen tolalariga salbiy ta’sir etadi. S vitamini kollagen sintezida, A va V vitaminlar esa milkning epitelizatsiyasida ishtirok etadi. Ye vitamini qon aylanishiga, milkning kollagen va elastiklik tolalari tuzilishiga yaxshi ta’sir qiladi. Organizm reaktivligining susayishi (immunitet) parodont to‘qimalarida fizik va kimyoviy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Natijada qon tomirlar o‘tkazuvchanligi ham buziladi. Qon aylanishi va to‘qimalardagi moddalar almashinuvi izdan chiqadi.

Bu kasallikning kelib chiqishida endokrin o‘zgarishlar ham muhim o‘rin tutadi. Qandli diabetda parodont to‘qimalarida angiopatik o‘zgarishlar ro‘y beradi (qon aylanishi buziladi).

Qon kasalliklari va qon ishlash tizimi kasalliklari parodont to‘qimalarida distrofik o‘zgarishlar paydo qiladi, bu esa milk qirrasining giperplaziya(shishib chiqishi, yallig‘lanib kengayishi) bilan ifodalanadi. Milk patologiyasining rivojlanishida genetik moyillikning ham ahamiyati katta.

Dorivor moddalarni pala-partish qabul qilish (immunodepressantlar, gidantoin) ham milk kasalligining keltirib chiqaradi.

Simob, qo‘rg‘oshin, yod, alyuminiy, rux kabi metallardan zaharlanishda umumiy holsizlik, ya’ni bosh og‘rig‘i, qorindagi og‘riqlar bilan birgalikda kataral gingivit, yarali gingivit, stomatit ham kuzatiladi. Homilador ayollarda gipertrofik gingivitlarning rivojlanishi sababi bu davrda sariq tana tomonidan gormonlarning ishlab chiqilishidir. Gipertrofik gingivit (milk kattalashgani) asosan homiladorlikdan avval milk yallig‘langanda va og‘iz bo‘shlig‘ini toza tutmaslik natijasida rivojlanadi. Homiladorlarda S vitamini yetishmovchiligi ham gipertrofik gingivit paydo bo‘lishiga olib keladi. Homiladorlik davrida tez-tez qayt qilish natijasida me’da shirasi og‘iz bo‘shlig‘iga tushganda atsidoz rivojlanadi va gingivitga olib keladi. Tutqanoqni davolashda difenin dorisi qo‘llaniladi, unda ham gipertrofik gingivit rivojlanadi. Bu preparat ta’siridan fibroz qavat kollagen sintezi kuchayadi, milk giperplaziyasi kuzatiladi. Xastalikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, yallig‘lanish-destruktiv jarayonni turli bosqichlariga samarali va yo‘nalishli ta’sir ettirish organizmning himoya kuchini oshirish, tish-jag‘ tizimiga oid funksiyalarini tiklashga qaratilgan holda olib boriladi.

Xulosa qilib aytganda “Kasallikni davolagandan ko‘ra uni oldini olgan yaxshi” deydi dono xalqimiz. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining oldini olishda bemorlar nafaqat shaxsiy gigiyenaga jiddiy e’tibor berishlari zarur, balki shifokor-stomatolog ko‘rigidan tez-tez o‘tib, uning maslahatlariga ham amal qilishlari kerak.

Yana o‘qing:  MARJON TISHLAR JILOSI

Glossit

Tildagi patologik o‘zgarishlar ko‘pincha tizim kasalliklarida ayniqsa, me’da-ichak kasalliklarida sodir bo‘ladi. Uning kasalligi yoshga bog‘liq bo‘lmay, bu xastalik turli bemorlarda kuzatiladi.

Ushbu a’zodagi kasallik alohida bo‘lib uchraydi. Bunda kasallik alomatlari faqat tilda qayd qilinadi. Xastalik sababli tilning ko‘rinishi o‘zgarib, “qora sochli” yoki romb shaklida bo‘ladi. Til geografiya xaritasini eslatadi. Bu til geografik til yoki shifokorlar tili bilan aytganda deskvomativ glossit deb yuritiladi.

Bemor tilida har xil shakllar borligidan shikoyat qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi kariyes(chirigan) tishlar va milkdagi yallig‘lanishni davolab, shaxsiy gigiyenaga e’tibor berish kerak. Ba’zida til achchiq, sho‘r ta’mni sezsa, unda bu deskvamatsiya til uchida joylashganini bildiradi. Og‘iz gigiyenasiga e’tibor bilan qaralmasa ko‘pchilik tishlarda kariyes va uning asoratlari aniqlansa (unga patogen mikroblar tushsa) kasallik anchagacha cho‘zilishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘ini uy sharoitida achchiq damlangan ko‘k choy bilan 2-3 marotaba chayib turish kerak. A va Ye vitaminini dokaga namlab zararlangan joyga qo‘yiladi. Bu dori vositalari 20-30 daqiqa ushlab turiladi.

Bemor nordon, achchiq, sho‘r va marinadlangan(sirkali) oziq-ovqat mahsulotlaridan parhez qilishi zarur. Glossitda til yuzasida yoriqsimon ariqchalar juda keng, uzun va yon tarafga shox singari tarqalgan bo‘ladi. Ya’ni, unda mayda-mayda burmalar kuzatiladi. Bu “burma til” deyiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga qat’iy rioya qilinsa, kasallik asoratsiz kechadi va tuzalib ketadi. Aksincha bo‘lsa og‘izda zamburug‘, ya’ni kandidoz kasalligi rivojlanadi.

Stomatolog ko‘rigida tilning uchdan bir orqa qismida ko‘pincha rombga o‘xshagan o‘zgarish borligi kuzatiladi. Uni paypaslab ko‘rilganda va diqqat bilan qaralsa til yuzasidan ko‘tarilgan, qizil tusli yoki ko‘kimtir-qizil rangda bo‘ladi. Ba’zan bu shakl dumaloq, oqishroq rangda ham bo‘ladi.

Davosi: Tishlarni davolash, parodont to‘qimasini sog‘lomlashtirish, tishdagi karash va toshlarni olib tashlash, og‘iz gigiyenasiga rioya qilish kifoya.

Til epiteliysi oziqlanishining buzilishi, moddalar almashinuvi jarayonining izdan chiqishi, spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish, uzoq vaqt davomida antibiotiklar qabul qilish oqibatida zamburug‘lar ko‘payishi, me’da-ichak va jigar kasalliklarida so‘rg‘ichli til (“qora sochli til”) uchrashi mumkin.

Tildagi ipsimon so‘rg‘ichlarning odatda ustki qismidagi dag‘allashgan hujayra ko‘chib tushib, o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi. Glossitda esa bu holat ro‘y bermasligiga sabab dag‘allashgan qatlam yig‘ilib qoladi va “so‘rg‘ichsimon til” paydo bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Chaqaloqni tunda emizishning foydasi

Kasallikka sabab bo‘lgan nuqsonlar bartaraf etilsa bemor asta-sekin tuzalib ketadi. Ipsimon so‘rg‘ichlar juda uzun bo‘lsa sovuq, ya’ni past harorat (krioterapiya) bilan davolash usuli bor. Bemor o‘z bilganicha bu so‘rg‘ichlarni qirqib tashlashi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: