Onalik va bolalik muhofazada

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab aholi salomatligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotir. Darhaqiqat, olijanob maqsad yo‘lidagi ulkan ishlar bolalarimizning sog‘lom tug‘ilishi va ulg‘ayishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, qolaversa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli vazifalarni qamrab oladi.

O‘tgan 2014 yilning Sog‘lom bola yili deb nomlangani esa “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” umummilliy dasturi doirasidagi ishlarning bardavomligi yo‘lida tashlangan yana bir dadil qadam bo‘ldi, deyish mumkin.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ham “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash uchun eng namunali sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotir. Paxtaobod qo‘rg‘onida joylashgan Sardoba markaziy shifoxonasi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

– Ilgari sifatli tibbiy xizmat uchun Guliston yoki poytaxtga borishimizga to‘g‘ri kelardi. Endi esa mahallamizning o‘zida barcha qulaylik va sharoitlarga ega tibbiy muassasa faoliyat olib bormoqda, – deydi mahalla faoli Ulug‘bek Xalilov.

Sardobaliklarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, qishloq vrachlik punktlari tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada takomillashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar ham e’tirofga loyiq. Tumandagi 10 ta qishloq vrachlik punktining oltitasi yangi binoda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, yana bittasi qayta rekonstruksiya qilingan. Qolgan uchtasi ta’mirlash uchun manzilli dasturga kiritilgan.

Poliklinikaga kirganimizda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar umumiy tekshiruvdan, kollejlarda tahsil olayotgan qizlar esa ginekologik ko‘rikdan o‘tayotganiga guvoh bo‘ldik. Ular bilan nafaqat shifokorlar, balki FHDYo bo‘limi xodimlari ham suhbatlashib, tibbiy madaniyat borasida zarur maslahatlar berishayotir.

Bunday ulkan islohotlar Samarqandda ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

– Yurtimizdagi chekka hududlarda ham sog‘liqni saqlash borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarni, yaratilayotgan sharoitni ko‘rib quvonasan, – deydi Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi mahalla faoli, shifokor Hamza Hamroyev. – Bu yilgi davlat dasturida sog‘lom bolani voyaga yetkazishda, patologiyalarsiz bolalar tug‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini, kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish alohida ta’kidlangan. Shu maqsadda hududimizda qishloq vrachlik punkti va patronaj xizmatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Yana o‘qing:  FAXRIY POLVONLAR BELLASHDI

Namangan viloyatida ham tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi bir hafta davomida Norin tumani To‘da qishloq fuqarolar yig‘ini, “Otbozor”, “Kushchek” mahalla fuqarolar yig‘inida 198 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi va 965 nafar tinglovchiga “Ona va bola salomatligi” bilan bog‘liq mavzularda ma’ruzalar o‘qidi.

Ayni paytda ona va bola salomatligini tiklash maqsadida mamlakatimizda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar qamrovi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu jarayonda YUNISEF bolalar jamg‘armasining yurtimizdagi samarali faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: