OGOHLIK ODATIMIZ BO‘LSIN

Poytaxtimizda istiqomat qilayotgan yetti yashar Jasur uyining ayvonida gugurt o‘ynab, bexosdan yig‘ib qo‘ygan gazetalarni yoqib yubordi. Tez yonuvchi kog‘oz orqali olov pardalarga, so‘ngra yog‘och polga o‘tib, yong‘in kattalasha boshladi. Oshxonada ovqat tayyorlash bilan ovora bo‘lgan onasi olovni ko‘rib, darhol “101”ga qo‘ng‘iroq qildi. Tez yetib kelgan o‘t o‘chirish xodimlari o‘z ishlarini moxirona bajardilar va sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar. Jasur esa qilgan ishidan qo‘rqib yig‘lab yubordi. Agar uyda onasi bo‘lmaganida bu yong‘in nafaqat talofat, balki fojea olib kelgan bo‘lar edi.

Olam mavjud ekan insonlar hamisha olovga ehtiyoj sezadi. U xonadonlarimizda beminnat xizmat qiladi, e’tiborsizlik tufayli esa soniyalar ichida yillar davomida mehnat qilib yaratilgan boyliklarni yo‘q qilib tashlaydigan, shavqatsiz dushmanga aylanishi ham mumkin.

Ko‘p holatlarda nazoratsiz qolgan bolalar aybi bilan yong‘inlar sodir bo‘ladi. Ayniqsa, yig‘ilib qolgan chiqindi, xazonlarni yoqib, qochib qoladilar. Bu o‘z o‘rnida katta ko‘ngilsizliklarga olib keladi. Yakkasaroy tumanida tahsil olayotgan bir guruh maktab o‘quvchilari to‘planib qolgan xazonlarni o‘zboshimchalik bilan yoqib yubordilar. Natijada “Neksiya” “Damas” rusumli ikkita avtomashina butkul yonib ketgan.

Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro 5 va 3 yoshli ikki nafar farzandini uyida yolg‘iz qoldirib, uyni tashqaridan qulflab, do‘konga chiqib ketadi. Bolalar uyda zerikib gugurt yoqib undan chiqqan olovga qiziqib o‘ynashadi. Natijada olov pardadan atrofga tarqalib ketib, uyning yonib ketishiga olib keladi. Eng achinarlisi bolajonlar xonadondan chiqib keta olmay olov qurbonlari bo‘lishadi. Ularning ikkisi ham tutundan zaharlanib shifoxonada vafot etadilar.

Bu borada, ota-onalar har doim farzandlaridan uy sharoitida gaz va elektr uskunalaridan foydalanganda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini talab etishlari kerak. Chunki, yoqiq holatlarda qoldirilgan gaz yoki elektr asbob-uskunalari nazoratsiz qolsa yong‘inga olib kelishi mumkin. Gugurtlarni yosh bolalardan yashiring.

Shu o‘rinda eslatib qo‘ymoqchimiz, xar doim yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilsangiz, xonadoningizda yong‘in sodir bo‘lmaydi. Agarda yon-atrofingizda yong‘in sodir bo‘lganini sezsangiz, zudlik bilan “101” telefon raqamiga xabar bering.

Olimjon Hakimov,

Toshkent shahar IIBB YOHB YOOO va NTEB muhandisi, serjant,

Jamolxon Qalandarov

Yana o‘qing:  Dmitriy Qayumov xalqaro turnir g‘olibi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: