MAZALI STAKAN
Buyuk Britaniyadagi tez tayyorlanadigan taomlar restoranlari tizimida endilikda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan stakanlar omma e’tiboriga havola etilmoqda.
Ushbu stakan maxsus shirin pechenyedan tayyorlangan bo‘lib ustki qismi shakar bilan, uchinchi qismi shokolad va muqovasi restoran-kompaniya logotipi bilan bezatilgan. Restoran ushbu stakanlarni yaratish uchun The Robin Collective uchun buyurtma berdi. Mazkur kompaniya antiqa va noodatiy idishlarni kashf etish bilan shug‘ullanadi. Biz ushbu stakanlarga turli xushbo‘y hidlarni berishni ham rejalashtirayapmiz. U oilaviy dam olish istagida kelgan xo‘randalarga xush keladi, degan umiddamiz” deydi kompaniya vakili Brendi Rayt.