“LAHZA” PITSSASI

Kerakli mahsulotlar: 4 osh qoshiq smetana, 4 osh qoshiq mayonez, 2 dona tuxum, 9 osh qoshiq un, 50 gramm kolbasa, 50 gramm sosiska, 50 gramm qattiq pishloq, 6 dona zaytun mevasi, 2 dona pomidor, ziravorlar, ozgina mayonez va o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: Mayonez, tuxum va smetanani yaxshilab aralashtiramiz. Un qo‘shib aralashtirishda davom etamiz. Hosil bo‘lgan suyuqroq xamirni biroz tindirib qo‘yamiz. Taom ichga solinadigan kolbasa va sosiskalar mayda to‘rtburchak qilib to‘g‘raladi. Pomidorni yupqa parrak yoki mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Zaytun mevasi ham parrak qilib to‘g‘raladi. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazamiz. So‘ngra tovani yog‘lab, tayyor xamirni tekislab solamiz. Ustiga ajratilgan mahsulotlarni terib, ziravorlarni sepib, so‘ngra pishloq sepiladi va ozgina mayonez aylantirib solamiz. Tovani past olovga qo‘yib usti yopiladi. Xamirning pishganligini sanchqi yordamida bilish mumkin. Pishloq erigach gaz pechidan olib dasturxonga tortamiz.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Yaxshilik sabog‘i bolalikdan boshlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: