500 MILLION SO‘MGA YAQIN MABLAG‘ EVAZIGA

Namangan viloyati Uychi tumanida madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi.

Tumanning “Birlashgan” qishlog‘ida “Shaydulloxon qurilish pardoz” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan madaniyat va aholi dam olish markazi qurilishiga 495 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Milliy madaniyatimiz an’analarini asrash, o‘rganish va rivojlantirishda bunday maskanlarning ahamiyati katta. Bu yerda xalq ijodiyotini asrab-avaylash va rivojlantirish, professional va havaskor badiiy jamoalar, ayniqsa, yoshlarning ijod qilishi, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, 250 o‘rinli konsert zali, milliy sozandalik va xonandalik to‘garaklari zarur jihoz va asboblar bilan ta’minlandi.

Tadbir doirasida viloyat va tuman san’atkorlari, badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

N.IKROMOV

Yana o‘qing:  ISTE’DOD VA MAHORAT FESTIVALI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: