O‘QUVCHILIKNING BIRINCHI BAYRAMI

Termiz shahridagi 6-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan 1-sinf o‘quvchilarining

“Alifbe bayrami” keng shodiyona tusini oldi. 940 nafar o‘g‘il-qiz saboq olayotgan mazkur maktabning 1-sinfiga 2014-2015 o‘quv yilida 112 nafar o‘quvchi qabul qilingan bo‘lib, ularni ham ma’nan, ham jismonan yetuk qilib voyaga yetkazish uchun imkoniyatlar yetarli. O‘quv mashg‘ulotlari ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida, multimediya vositalaridan keng foydalanilgan holda olib borilmoqda. Bu yerda tashkil etilayotgan turli ochiq dars, ko‘rik-tanlov va madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning ma’naviy kamolotiga xizmat qilmoqda.

Tadbirda o‘quvchilar “Alifbe” bo‘yicha egallagan dastlabki bilim va ko‘nikmalarini she’r, qo‘shiq, sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar. Mustaqillik, Vatan, davlatimiz ramzlari, Bosh Qomusimiz, ona va ustozlar mavzusidagi she’rlar murg‘ak qalblar tilidan o‘zgacha hayajon bilan yangradi.

M.AHMEDOVA

Yana o‘qing:  YANA TO‘RT ISHTIROKCHI MA’LUM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: