“JAMIYAT VA MEN”

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda respublikadagi bosma va internet nashrlar, axborot agentliklari jurnalistlari va fotojurnalistlari uchun “Jamiyat va men” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy, huquqiy sohalardagi islohotlarning borishi, jamiyatning faol a’zolari tashabbuslarini birlashtirish, NNT, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, OAV va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazarotini kuchaytirishga qaratilgan ijodiy ishlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi.

Tanlov yO‘nalishlari

– Eng yaxshi yoritilgan “ijtimoiy mavzular”;

– Eng yaxshi yoritilgan “iqtisodiy mavzular”;

– Eng yaxshi yoritilgan “tarix va madaniyat mavzulari”;

– Eng yaxshi yoritilgan “siyosiy mavzular”;

– Eng yaxshi yoritiligan “huquqiy mavzular”;

– Eng yaxshi yoritilgan “ilmiy-texnika mavzulari”;

– Eng yaxshi yoritilgan “sport mavzulari”;

– Eng yaxshi yoritilgan “ijtimoiy sheriklik mavzulari”;

– Eng yaxshi yoritilgan “jamoatchilik nazorati mavzulari”.

Maxsus nominatsiyalar:

– “O‘z zamonasining qahramoni” mavzusida eng yaxshi material;

– “Yangi avlod” mavzusida eng yaxshi material.

TANLOV ShARTLARI

Taqdim etilgan ijodiy ishlar bosma va internet nashrlarda 2014 yilning 1 yanvaridan 2015 yilning 1 yanvariga qadar chop etilgan bo‘lishi shart.

Ijodiy ishlarga muallif to‘g‘risida (familiyasi, ismi, professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, pasport nusxasi) ma’lumotlar ilova qilinadi.

Tanlovga materiallar 2015 yilning 4 fevraliga qadar qabul qilinadi.

TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar yetakchi jurnalistlar, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, manfaatdor idora va muassasalar vakillaridan iborat nufuzli hay’at tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi. G‘oliblarni aniqlashda mavzuning dolzarbligi, ish mazmunining ijtimoiy ahamiyati, materialni yoritishdagi aniqlik va o‘ziga xoslik, professional mahorat asosiy mezon hisoblanadi.

Tanlovga topshirilgan ijodiy ishlar taqriz qilinmaydi va qaytarilmaydi.

TANLOV G‘OLIBLARIGA MUKOFOTLAR

Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, noutbuk, planshet, qo‘l telefoni va shu kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Yana o‘qing:  Mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari boshlandi

Materiallar va ularga hisobot ko‘rinishidagi ma’lumotlar “Jamiyat va men tanloviga” degan qayd bilan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga quyidagi manzilga jo‘natiladi: Toshkent shahri – 100129, Navoiy ko‘chasi 30-uy, 3-qavat, 1-xona. Tel./faks: 244-14-28, 244-12-51, www.mmf.uz, e-mail:fonduz@umail.uz.

Tashkiliy qo‘mita

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: