HARBIYLAR UCHUN TIBBIY TEKSHIRUVLAR

Andijon viloyati shahar-tumanlarida “Vatan ulug‘ – burchim muqaddas” shiori ostida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Andijon filialining ijtimoiy patronaj brigadasi viloyat o‘smirlar poliklinikasi tibbiy xodimlari bilan birga Andijon shahridagi harbiy qismlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etdilar.

– Ko‘rik mobaynida barcha soha mutaxassislari tomonidan harbiy xizmatchilar, ularning oilasi va farzandlari salomatligi tekshirildi, – deydi filial direktori T. Berdirahmatov. – Muayyan kasallik aniqlangan bemorlarga zarur tavsiyalar, davolanish uchun yo‘llanma va bepul dori-darmonlar berildi.

Tibbiy ko‘rik vaqtida 260 nafar harbiyning salomatligi ko‘zdan kechirildi. Ulardan 179 nafari ayollardir. Shuningdek, ularning farzandlaridan 83 nafari tekshirildi. Endokrinolog, akusher-ginekolog, terapevt, pediatr, nevropatolog, LOR(tamoq, quloq, burun mutaxassisi), jarrohlar o‘z mulohazalarini bildirib, zarur tavsiyalarni berishdi. Bir paytning o‘zida UTT, EKG va laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar oilalari bilan suhbatlarda turli yuqumli xastaliklar, jumladan sil, OITS va OIV infeksiyalarining oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Ana shunday salomatlik tadbirlari barcha harbiy, huquq-tartibot idoralarida ham amalga oshiriladi.

Najmiddin ERGASHEV

Yana o‘qing:  Bolajonlar – shirintoylar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: