TEZYURAR POYEZDLAR UCHUN ENG UZUN LINIYa QURILISHI BOSHLANDI
Yaponiyada magnit yostig‘i (levitatsiya)da tezyurar poyezdlar uchun dunyodagi eng uzun liniya qurilishi boshlandi. Liniya 2027 yilda Tokio va Xonsyu yapon orolining markaziy qismidagi katta shahar Nagoyani bog‘laydi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Qurilish ishlari ikkita yakuniy terminal, Nagoyaning markaziy vokzali va Tokiodagi Sinagava bekatini barpo etish uchun tayyorgarlik ko‘rishdan boshlandi.
Yaponiyadagi magnit levitatsiyaning eng so‘nggi modeli o‘rtacha 500 km / soat tezlikda harakat qilish hamda 40 daqiqa ichida Tokio va Nagoyani kezib chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Hozirgi “Sinkansen” tezyurar poyezdi ham xuddi shunday tezlikda harakat qiladi, biroq, u bir soatu 18 daqiqa sarflaydi.
Tokio va Nagoya o‘rtasidagi magnit levitatsiya uchun tarmoqlar qurish JR Tokai kompaniyasi operatorlariga 5,5 trillion ien (45,8 milliard AQSH dollari)ga tushadi. Kelajakda, 2047 yilda liniya Yaponiyaning uchinchi yirik shahri Osakagacha uzaytiriladi. Natijada uning umumiy uzunligi 515 kilometrga yetadi.
Guli NOZ tayyorladi