SHOHJAHON BO‘LG‘USI JAHON CHEMPIONI

Farzandimizning kelajakda qanday inson bo‘lishi, uning qaysi kasbni mukammal egallashi bizning bugungi qat’iy tarbiyamizga, unga qaratayotgan e’tiborimiz va ko‘magimizga bog‘liq. Zero, bolajonlar bugungi sa’y-harakatimizning kelajakdagi yorqin aksi hisoblanadi. Buning uchun uning tarbiyasiga kichikligidan jiddiy e’tibor bermoq, shuningdek, bola ko‘ngliga quloq solib, orzulari bilan do‘stona o‘rtoqlashmoq lozim.

Biz buni Shohjahon Furqatzoda misolida ko‘rishimiz mumkin. Nigohlari teran, so‘zlarida ko‘tarinkilik nafasi ufurib turgan bu bolakay hozirgi kunda Yunusobod tumanidagi 255-maktabgacha ta’lim muassasida tarbiyalanadi. Bolakay to‘rt yoshda. Shunga qaramasdan juda ko‘p narsalarga qiziqadi. Tabiatga, o‘simlik va jonzotlarga g‘amxo‘rlik qilish uning sevimli odati. Bunda esa oila sohiblarining o‘rni bo‘lakcha.

Shohjahon yosh bo‘lishiga qaramasdan sportning taekvondo turi bo‘yicha sariq belbog‘ sohibi. Bolakay bilan suhbatlashib, uning orzulari haqida o‘rtoqlashdik. Samimiy, qat’iy ohangda “Ulg‘aysam qora belbog‘ sohibi bo‘lib, yurtimning nomini jahon arenalarida himoya qilaman, jahon chempioni bo‘laman”, deya orzu qiladi. U hozirda poytaxtimizdagi “Jar” sport majmuasida Taekvondo sport turi bo‘yicha ustozi Doniyor Rasulovdan saboq olmoqda. Bu sport turiga kirib kelganiga hali ko‘p bo‘lmagan esada, 2014-yilda mustaqilligimizning 23 yilligiga bag‘ishlanib “Saxovat sport” klubi o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Ehtimol, bolakayning qo‘lga kiritgan natijalari hali u qadar katta emasdir. Ammo, biz ishonamizki, Shohjahon kelajakda jahon chempioni bo‘ladi. Zero, buning uchun unda imokniyat ham, rag‘bat ham yetarli.

Ma’rifat TOLIPOVA

Yana o‘qing:  ISTE’DOD VA IZLANISH E’TIROFI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: