SUVNI ASRAYLIK
Suv bor yerda hayot bor,
U tufayli gul-gulzor.
Yashnab ketar hamma yoq,
Unga bermaylik ozor.
Behuda isrof qilib,
Uvoliga qolmaylik.
Jumraklarni bekitib,
Xushyorlikda tolmaylik.
Suvni asrash burchimiz,
Bu bizning shiorimiz.
U to‘kinlik manbai,
Hayotimiz borimiz.
Zarnigor XUSHMURODOVA,
Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 55-maktabning 9-sinf o‘quvchisi