Yil quvonchlari

Muhtaram ALIYEVA,

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni

– Mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida hukumatimiz tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Buning samarasi o‘laroq yurtimiz bayrog‘ini xalqaro arenalarda yuqori ko‘tarayotgan yoshlar soni kun sayin ortib borayotir. Men ham sakkiz karra jahon chempioni bo‘lganman. Ayniqsa, bu yil menga juda omadli keldi. Fransiyaning Lion shahrida “Uzun siklli” shart bo‘yicha 16 kiloli tosh ko‘tarish musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdim. Amerika qo‘shma shtatlarining Sandiyego shahrida “Siltab ko‘tarish” sharti bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chepioni bo‘ldim.

Yana bir quvonarli voqealardan biri 2013 yilda “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilganim sababli Angliya shtab kvartirasidan shaxsiy tabriknoma keldi. Bundan men judayam xursand bo‘ldim va ko‘nglim faxrga to‘ldi. Kelayotgan Yangi yildagi niyatlarim 2015 yildagi jahon chepionatida munosib qatnashib 10 karra jahon chepioni bo‘lib, rekordimni yangilamoqchiman. Men bu muvaffaqiyatlarga ustozlarim Bozorboy Jumanov, Fatxiddin Najmiddinov, Vohiddin Najmiddinov o‘gitlari bilan erishdim. Buning uchun ustozlarimdan minnatdorman.

 

Jamshid SAIDKARIMOV,

“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi

– 2014 yil men uchun omadli keldi. Serbiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro musiqa tanlovida ishtirok etdim. Unda “Internet energia music” duet va violonchel yo‘nalishlari bo‘yicha ham menga 1-o‘rin nasib etdi. Shuningdek, Saratov shahrida S.Knushevitskiy nomli Xalqaro tanlovda san’at sohasidagi malakali mutaxassislar mening ijroimni 1-o‘ringa munosib ko‘rib, oltin medal bilan mukofotlashdi. Mamlakatimizning mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

Ilk muvaffaqiyatlarim “San’at g‘unchalari” respublika ko‘rik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritish bilan boshlangan. Shundan keyin qator xalqaro yosh musiqachilar festivallarida muvaffaqiyatlarga erishdim. 2007 yilda Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan A.Glazunov nomidagi xalqaro yosh musiqachilar tanlovida hamda 2008 yilda Ukraina davlatining Simferopol shahrida bo‘lib o‘tgan “Sinyaya ptitsa” xalqaro musiqachilar tanlovida 1-o‘rin sohibi bo‘ldim. Rossiyaning Samara shahrida 2011 yilda “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi yoshlar musiqa akademiyasi”da ishtirok etib, Rossiya xalq artisti Yuriy Bashmet va Katta qirollik konservatoriyasi professori Aleksandr Buzlovning “Ustoz-shogird” darsida ishtirok etib, diplom bilan taqdirlandim. Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘tkazilgan (2012 yilda) “Gde rojdayetsya iskusstvo” xalqaro musiqachilar tanlovida ishtirok etib gran-pri sovrinini qo‘lga kiritdim.

Yana o‘qing:  O‘QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISHDA YANGI ISLOHOTLAR

Kirib kelayotgan Yangi 2015 yilda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining torli cholg‘ular yo‘nalishida o‘qish, qolaversa, turli xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yanada yuqoriga ko‘tarish niyatim bor. Shuningdek, barcha tengdoshlarimga Yangi yilda omad yor bo‘lishini hamda barchaga yaxshi musiqa hamroh bo‘lishini istab qolaman.

 

 

Jasurbek IMOMOV,

Xalqaro fan olimpiadasi g‘olibi

– Bu yil xushxabarlarga to‘la bo‘ldi. Nabiram Jasurbek Imomov 2014 yil 21-27 iyul kunlari Koreya Respublikasining Tetikon shahrida o‘quvchilar orasida bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U telefon orqali 15 ta masaladan 11 tasini to‘g‘ri ishlaganini aytganida juda sevindik. Jamoaviy musobaqada ham 2-o‘rinni qo‘lga kiritib kumush medalga ega bo‘ldi. Dunyoning 31 mamlakatidan 586 nafar o‘quvchi ishtirok etgan fan olimpiadasida endigina 15 yoshni qarshilagan nabiramning muvaffaqiyat qozongani, Vatanimiz dovrug‘ini yanada ko‘tarishga hissa qo‘shganidan baxtiyorman, – deydi Jasurbekning buvisi Halima Imomova. – Jasurbek mening birinchi nabiram, – deya suhbatni davom ettiradi u. Bolaligidan mening tarbiyam, o‘gitlarim bilan kamol topdi. Uni katta odamlardek fikrlashi, beradigan savollari hammani lol qoldirardi. Hozirda u Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatining 8-sinfida fizika-matematika yo‘nalishida o‘qiydi. Maktabda baholari a’lo. Jasurbekning matematikaga bo‘lgan qiziqishini sezgan ustozlari uning bilimini yanada oshirishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Buning uchun ulardan juda ham minnatdorman. Nabiramning bu yutug‘i hukumatimiz tomonidan ham munosib taqdirlandi. U ilmiy salohiyatini yana ham oshirishi uchun zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta’minlandi. Qolaversa, unga Buvayda tumani hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar berildi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: