BIR OILA FARZANLARIMIZ


Mening opamni yozing, akam haqida ham yozasizmi? – deya bir-biriga gal bermay chug‘urlayotgan bolajonlarning so‘zlaridan hayron bo‘lganimni sezgan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 24-“Mehribonlik uyi” direktor o‘rinbosari Nigora Zoirova, ularning so‘zlariga qo‘shilib shunday dedi: – Bu yerdagi tarbiyalanuvchilarning barchasi bir oila farzandi singari opa-uka, aka-singil bo‘lib ketishgan. To‘g‘risi, bitta oiladan kelganlari ham bor, ammo ularning boshqalar bilan o‘zaro ahilligida farq sezilmaydi.

Ayni vaqtda 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 85 nafar tarbiyalanuvchilarni bag‘riga olgan ushbu maskanda bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “Musiqa”, “Sport”, “Biser to‘qish”, “Mohir qo‘llar” kabi to‘garaklar tarbiyalanuvchilar bilan gavjum. Mukarram Inoyatova, Mahfuza Ayupova, Nazokat Qoriyeva, Ozoda Qurbonova kabi tarbiyachilarni ayajon, deb atayotgan bolajonlarning iqtidoriga lol qoldik. Atrofimizni o‘rab olgan kichik do‘stlarimizni o‘y-fikrlari bilan tanishsangiz o‘zingiz ham bunga amin bo‘lasiz.


SAN‘ATGA OSHUFTA DILLAR

– Kuylashni yaxshi ko‘raman.Ko‘p qo‘shiqlarni yod olganman. Katta bo‘lganimda san`atkor bo‘laman. Do‘stlarim va ayajonlarim televidenie orqali kuylayotgan qo‘shiqlarimni tinglashadi. Buning uchun a‘lo baholarga o‘qiyapman.

Sardor ZAYNIDDINOV,

4-sinf o‘quvchisi

FUTBOL – JONU DILIM

– Karra jadvalini yaxshi yodlagan bola futbol o‘ynashda qiynalmaydi. Negaki, to‘p oshirishda masofa o‘lchamini tez olish, oradagi yugurish vaqti, raqibga chap berish barcha-barchasida to‘g‘ri hisob-kitob zarur. Futbol o‘yiniga qiziqqanim uchun bularni o‘zimda sinab ko‘rganman. Respublika “Sen yolg‘iz emassan” bolalar jamoatchilik jamg‘armasining 10 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan sport musobaqalarida akam ham men ham g‘olib bo‘ldik va oltin medal bilan taqdirlandik. Ulg‘ayganimda Ronaldo, Devid Bekxem, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov kabi futbol ustasi bo‘lmoqchiman.

Asil NAZAROV,

3-sinf o‘quvchisi

TINChLIK RASMI

Kecha darsda ustozim tinchlik haqida chizgan rasmimni maqtadi. Bundan sevindim. Katta bo‘lganimda militsiya xodimi bo‘lib odamlarni himoya qilaman. Chunki, ular tinchlikni saqlaydi.

Malika ismli opam bor. U chiroyli raqsga tushadi, kelgusida mashhur raqqosa bo‘lmoqchi. U menga har doim, ukajon ko‘p o‘qigan bolalar iqtidorli bo‘ladi, deydi. Men ham iqtidorli bo‘lishga, opamni uyaltirib qo‘ymaslikka intilayapman.

Denis ISMOILOV,

4-sinf o‘quvchisi

CHEVARLAR BAHSI

Biz “Mohir qo‘llar” to‘garagiga qatnaymiz. Tikkan kashtalarimiz bilan bir necha bor tanlovlarda ishtirok etib g‘oliblikni egalladik. “Orasta” nomli guruhimiz bor. Musiqa rahbarimiz Xolida Yakubova boshchiligida qo‘shiqlar kuylab, raqsga tushamiz. Qiz bola ko‘p narsani bilishi va uddalashi kerak deydi, ayajonlarimiz. Ularning o‘gitlariga amal qilamiz.

Яна ўқинг:  Yurt madhi qo`shiqlarda

Sabina KARIMOVA, Sabina BARSEL,

“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: