QAHVA HAQIDA 10 TA MA’LUMOT
- 1475 yili Konstatntinopolda birinchi maxsus qahva do‘koni (Kiva xan) ochilgan. 1564 yil Istanbulda ilk ommaviy qahvaxona ishga tushgan.
- Birinchi shaxmat o‘yinlari qahvaxonalarda o‘tkazilgan.
- 1732 yili qahvaga bag‘ishlangan birinchi san’at asari yaratildi: Iogann Sebastyan Bax “Kofe Kantata”sini yozdi.
- 1899 yili shveysariyalik kimyogar Maks Morgentaller eriydigan qahvani kashf qildi.
- Usmonli turklar imperiyasi ayollarga eri kundalik qahva xarajatlariga pul topolmayotgani uchun ajrashishlariga ruxsat bergan.
- Norvegiya olimlari kuniga uch finjon qahva ichish alkogolning tanaga salbiy ta’sirini kesadi degan xulosaga keldi.
- 1995 yilgi statistika ma’lumotlarga ko‘ra qahva sarf qilinishi bo‘yicha dunyoda neftdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
- Hozir qahva 65 ta mamlakatda o‘stirilmoqda.
- Qahva 1200 ga yaqin kimyoviy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi. Ulardan 800 tasi qahvaning ta’mi yaxshi bo‘lishini ta’minlaydigan birikmalardir. Bir piyola qahva xotira va kayfiyatni yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, jigar sirrozi(qurishi) xavfini kamaytiradi.
- Ba’zi mamlakatlarda qahvaga atab o‘tkaziladigan bayramlar bor. “Qahva kuni” 12 sentyabrda Kosta Rikada, 19 sentyabrda Irlandiya, 1 oktyabr kuni Yaponiyada nishonlanadi.
Mirjalol MADVALIYEV tayyorladi