AYOL AVVALO ONA, SEVIMLI BEKA

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida qo‘mitaning yuqori organi hisoblangan hisobot-saylov konferensiyalarining o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, yurtimiz ayollarining taqdiri, oilalar farovonligi, xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyatining takomillashuvi hamda nufuzining oshishi ana shu jarayon bilan bevosita bog‘liq.

Shu kungacha respublikaning 102 ta tuman, shaharlarida hisobot-saylov konferensiyalari yuqori saviyada o‘tkazildi. Shu bilan birga respublika hisobot-saylov konferensiyalariga tayyorgarlik jarayonlari ham uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. 20 noyabrdan 1 dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida dekabr oyida O‘zbekiston Xotin-qizlarining konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol va yetakchi ayollari ishtirokida Qo‘mitaning kelgusi faoliyatini va rivojlanish jarayonini bosqichma-basqich belgilab beradigan “Xotin-qizlarning mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, oilani mustahkamlash jarayonlaridagi rolini kuchaytirish, ularning davlat va jamiyat qurilishidagi keng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha 2013-2014 yillarga mo‘ljallangan harakat dasturi” muhokama etildi. Mazkur Harakat Dasturi xotin-qizlar mehnat qilayotgan tashkilotlar, sanoat korxonalari va idoralarda muhokama etilayotganligi ta’kidlandi.

Yaqinda ana shu jarayonlarni ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib borishni yanada jonlantirish, Xotin-qizlar qo‘mitalari muassisligida chop etilayotgan gazeta va jurnallar ishtirokini kuchaytirish maqsadida poytaxtimizdagi “Grand Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan seminar o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilariga Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimining maqsad va vazifalari, bugungi kundagi faoliyati, shuningdek, hisobot-saylov konferensiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Qo‘mitaning yangi versiyadagi veb-sayti taqdimoti slaydlar orqali namoyish etildi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  MAQSADLARI MUSHTARAK JUFTLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: