INSULIN ISHLAB ChIQARUVCHI HUJAYRA

Garvard universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot qandli diabetning 1-turi bilan og‘rigan bemorlarni har kuni insulinni in’yeksiya qilishdan ozod etishi taxmin qilinmoqda. Qonda qandni zarur miqdorda ushlab turadigan gormon – insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni yetishtirish imkoni paydo bo‘ldi.

Olimlar hatto, ko‘chirib o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan millionga yaqin hujayra yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqida Uzbekistan Today axborot agentligi xabar bermoqda.

Amerikalik professor Dag Melton 20 yildan ko‘proq umrini qandli diabet uchun dori kashf etishga sarfladi. Mazkur kasallik bilan uning o‘g‘li Sem ham og‘rigan. Hozirda tadqiqot deyarli o‘z nihoyasiga yetgan. “Biz sinovlarni yakunlashdan bir qadam ortda turibmiz”, – dedi professor.

Insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni yaratishda embrion tana hujayralaridan foydalaniladi. Shuning uchun ham yangi hujayralar avvalgilariga o‘xshab, faoliyat yuritadi.

Ayni damda tadqiqot hayvonlarda o‘tkazilmoqda. Ularning organizmida hujayralar ko‘chirib o‘tkazilganidan boshlab bir necha oy davomida insulin ishlab chiqariladi. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, ular sichqonlardagi diabetni 10 kun ichida davolashga muvaffaq bo‘lgan. Biologlar yaqin yillarda odamlarni ham mazkur kasallikdan forig‘ qilishga umid bog‘lamoqda.

Farhod BEK

Yana o‘qing:  BO‘Y UZUNLIGI VA INTELLEKT NASLGA BOG‘LIQ ... MI?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: