YANGI KUN
Tong otadi yangi kun kelar,
Umr o’tar har lahza sayin.
Baxt ham o’tar, taxt ham o’tadi,
Goh shodligu goh mahzun tayin.
Ota-ona farzandi uchun,
Borlig’ini baxshida etar.
Kamolini ko’rsam deb bekam,
Mehnat qilib maqsadga yetar.
Oppoq tonglar ortidan kelar,
Ezgulikning oydin yo’llari.
Yangi avlod yuksalib borar,
Ular Vatan chaman gullari.
Ubaydullo ABDULLAYEV,
Toshkent shahri, Olmazor tumani.