Sog‘lom bola

Oilang baxt-quvonchidir,

Sog‘lom bo‘lib o‘ssa bolang.

Mahalla-ko‘y ishonchidir,

Sog‘lom bo‘lib o‘ssa bolang.

Halol nondan chiqsa tishi,

Durust bo‘lar har bir ishi.

Qolmas sira g‘am-tashvishing,

Sog‘lom bo‘lib o‘ssa bolang.

Ta’rifing olamga ketar,

Qo‘ling cho‘zsang, ko‘kka yetar,

Zahmating qadriga yetar,

Sog‘lom bo‘lib o‘ssa bolang.

Ilm olib, dono bo‘lar,

Sheryurak, mardona bo‘lar,

Boshingda parvonang bo‘lar,

Sog‘lom bo‘lib o‘ssa bolang.

Ajdodlarning dur-ganjidir,

El-xalqining yupanchidir,

Vatanining tayanchidir,

Sog‘lom bo‘lib o‘ssa bolang.

Yaxshilardan ibrat olar,

O‘tganlarni esga solar,

Noming, Qurbon, elda qolar,

Sog‘lom bo‘lib o‘ssa bolang.

Qurbon MUHAMMADRIZO

Яна ўқинг:  Саломатлик борасида ташаббус

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: