Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2014/37)
Urganch shahrida shu yilning oktyabr oyi oxirida Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 5 avgustda qabul qilingan farmoyishiga binoan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Poytaxtimizda erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Butunjahon kurash ittifoqi (UWW), O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada 100 dan ortiq davlatdan 800 nafardan ziyod sportchi 24 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Namangan temiryo‘l vokzalida zamonaviy andozalarda rekonstruksiya qilingan savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi foydalanishga topshirildi.
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining IV respublika forumi bo‘lib o‘tdi.