Dehqon va sher
Bir kuni tunda sher dehqonning og‘ilxonasiga kirib, sigirini yebdi-da, o‘sha yerning o‘zida dam olgani cho‘zilibdi. Dehqon esa tunda uyg‘onib, shamni ham yoqmasdan sigiridan xabar olish uchun og‘ilxonaga yo‘l olibdi. U og‘ilxonaga kiribdi-da, paypaslanib sherning yelkasini silabdi. Shunda sherning xayolidan shunday so‘zlar o‘tibdi: “Eh, ikki oyoqli nodon-a! U meni sigir deb o‘yladi. Kunduz kuni bo‘lganda meni ko‘rib, tanamga qo‘l tekkizish uyoqda tursin, qo‘rqqanidan o‘takasi yorilardi!”
Ey dono odam, sen, eng avvalo, narsalarning mohiyatini bil, ularning aldamchi shakliga ishonma!