Kichkintoylar quvonchi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 23 yilligi shodiyonalari oldidan poytaxtimizdagi 22-sonli “Mehribonlik uyi”da “Sug‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri ishtirokida madaniy konsert tashkillashtirildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan tadbirda bolajonlar o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdi. O‘zlari yod olgan she’r va qo‘shiqlarini aytib, kechaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Ularning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib, mustaqil diyorda yashayotganidan, Yurtboshimizning hamisha e’tiborida ekanidan mamnun ekanligini anglash qiyin emas.

“Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbir zamirida yoshlar qalbida ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish, uning qadr-qimmati har narsadan ustun ekanini anglatish kabi ezgu maqsadlar mujassam.

A.ERGASHEV

Yana o‘qing:  Maktabda matbuot kuni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: