BARKAMOL avlod festivali

Namanganda “Kelajagi porloq yurtning barkamol avlodlari” deb nomlangan yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tashabbusi bilan Vatanimiz mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlaridan faol va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tashabbus va g‘oyalarini rag‘batlantirish, orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, hech kimdan kam bo‘lmagan zamonaviy sharoitlarda o‘sib-ulg‘ayishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar o‘z samaralarini berayotgani ta’kidlandi.

Festival doirasida o‘tkazilgan seminarda yoshlar odam savdosi va boshqa turli illatlarga qarshi kurashish, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish, milliy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash borasida fikr almashdilar.

“Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat” intellektual o‘yinlari hamda sport musobaqalari tashkil etilib, g‘oliblar aniqlandi.

Tadbirning ikkinchi kunida “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida badiiy-musiqiy dasturlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tayotgan 54-an’anaviy gul bayrami tantanalarida qatnashdi.

– Prezidentimiz hamisha biz, yoshlarga yuksak ishonch bildirib, marrani doimo baland olib yashashga da’vat etadi, – deydi andijonlik festival ishtirokchisi Dovud Obidov. – Yurtboshimiz bizning har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib kamolga yetishimiz yo‘lida cheksiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarni ana shunday ezgu maqsadlar sari birlashtirib, ularda Vatanga muhabbat va el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so‘zga chiqdi.

A.SATTOROV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  QADR mehnatdan topiladi, izzatda ko‘rinadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: