AYOL OMON BO‘LSA, xonadon obod

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi “2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dastur hayotga tatbiq qilina boshladi.

Mazkur qarorda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining aholi, ayniqsa, mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlar orasida sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirish va tarbiyalash masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan Qo‘shma dasturini qabul qilish vazifasi belgilangan.

Ana shu masala yuzasidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.

– Mustaqillik yillarida yurtimizda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” milliy modeli yaratildi, – deydi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nilufar Tojibayeva. – Hududlarda zamonaviy tibbiyot muassasalari tarmog‘i, shu jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya, akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, perinatal, skrining va tug‘ruqxona majmualari, hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari, 2 ming 958 ta qishloq vrachlik punktlari va 98 ta oilaviy poliklinikalar tashkil etildi. Ularda 8 ming 463 nafar oilaviy shifokor, 17 mingdan ziyod hamshira faoliyat yuritmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan hamkorlikdagi faoliyatimiz esa aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini saqlash borasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarib, ayollar salomatligining yaxshilanishi va tibbiy madaniyatning oshishiga hissa bo‘lib qo‘shiladi. Chunki ona sog‘lom ekan, oila sog‘lom bo‘ladi.

Shuningdek, davra suhbatida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida fondning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan joriy yilning yetti oyi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 748 ta qishloq va 1 ming 590 ta mahallasidagi 15 ming 500 dan ziyod oilaning ijtimoiy sharoiti, bolalar salomatligi o‘rganilganligi hamda tibbiy ko‘rik davomida aniqlangan xastaliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlari olib borilganligi ta’kidlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova ishtirok etdi.

M. XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  KUCHLILAR G‘OLIBLIKKA MUNOSIB

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: