Yangi kitob do‘koni
Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasi qoshida o‘n mingdan ziyod turli adabiyotlarga ega yangi kutubxona va ikki mingga yaqin badiiy-ilmiy-tarixiy adabiyotlarni qamrab olgan “Ijod” kitob do‘konining ochilishi barcha kitobsevarlar uchun quvonchli voqea bo‘ldi.
Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyot namoyondalari va ixlosmandlari, ijodkorlar hamda yosh kitobsevarlar ishtirok etdilar.
Eslatib o‘tamiz, kitob do‘koni Yozuvchilar uyushmasi va “Iste’dod” fondi homiyligida tashkil etildi.
Maryam AHMEDOVA