ILM – INSON BEZAGI

Konfutsiy (Miloddan avvalgi 551-479 yillar) Xitoy sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar xonadoniga mansub bo‘lib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi Szou muzofotini boshqargan. Konfutsiy tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga to‘lganida otasidan, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 qiz va bir nogiron o‘g‘il bo‘lgan.

Uning asl ismi Kun Syu bo‘lib, muxlislari Kun Fu-tszi, deb atashgan. Bu ism bora-bora Kun Fu-tszi, degan taxallusga aylangan. Bu ism “hurmatli ustoz Kun”, degan ma‘noni anglatadi. XVII asrda Xitoyga kelgan iezuit-missionerlar xitoylik donishmand ta‘limoti bilan tanishib, uni Yevropa madaniyatining ham vakiliga aylantirish maqsadida Konfutsiy deb atay boshlashgan.

Konfutsiy ham Suqrot kabi faqat og‘zaki ta`lim bergan. Shuning uchun undan bir satr ham qo‘lyozma qolmagan. Bizga ma`lum asarlarining hammasi shogirdlari tomonidan yozilgan.

Konfutsiyning o‘zi bilan deyarli tengdosh Szi-Lu ismli barvasta, jizzaki va o‘taketgan shuhratparast shogirdi bo‘lgan. Bu yigit Syuyfuga chekka qishloqdan omad izlab kelib, o‘zining qo‘pol qiliqlari bilan poytaxt ahlining e`tiborini tortgan edi.

Bir kuni u odob va nazokatni unutib, Konfutsiyga luqma tashladi: “Muhtaram zot, siz shunchalar dono ekansiz, hiyla-nayrang ishlatmay savolimga javob bersangiz: qanday qilib kishilarni qo‘rquvga solmay bo‘ysundirish mumkin?” Konfutsiy shunday javob berdi: “Buning uchun sen mehnating bilan ularga o‘rnak bo‘lmog‘ing lozim”. Szi-Lu bu so‘zlarni eshitib, xijolat tortdi. Chunki javob aylanib kelib, o‘ziga taqalgandi-da. Lekin bo‘sh kelmay yana savol berdi: “Deylik, men bunga erishdim. Keyin-chi?” – “Bo‘shashmasdan, mehnat qilishda davom et”, – dedi Konfutsiy. Szi-Lu javobni eshitib, parishon holda jim qoldi. Shunda Konfutsiy yana so‘zida davom etdi:

– Endi savol berish uchun menga ijozat et. Ayt-chi, musiqani sevasanmi?

– Men uzun shamshirimni sevaman, – dag‘allik bilan javob berdi Szi-Lu.

– Men sendan boshqa narsani so‘radim. O‘zingdagi iste‘dodni ilm bilan boyitish payti yetmadimikan?

– Bilim olishdan qanday foyda bor? — dedi qaysarlik bilan shogirdi.

– O‘z fuqarolarini o‘qitmagan podshoh haqiqiy hukmdor bo‘lolmaydi. Do‘stiga nasihat qilib, to‘g‘ri yo‘lga solishga urinmagan mard er olijanoblik xislatidan mahrumdir. Tinmay ilm olgan vijdonli inson, albatta, buyuk donishmandlik darajasiga yetmog‘i tayin va ilmni sevgan inson hech qachon voqelikka zid ish qilmaydi.

Yana o‘qing:  ISHBILARMON TALABA

– Janubdagi tog‘larda o‘sadigan egilmas, tikka bambukdan yasalgan kamon o‘qi hatto karkidon terisidan yasalgan sovutni ham teshib o‘tar ekan. Vaholanki, bu o‘simlik ilmdan bexabardir, – dedi Szi-Lu o‘zining topqirligidan yayrab.

– Bu kamon o‘qining bir uchiga qush patini ulab, ikkinchi uchiga temir nayza o‘rnatsang, u nishonni yana ham chuqurroq yorib kiradi, shunday emasmi? – dedi Konfutsiy.

Bu so‘zlardan lol qolgan Szi-Lu shundagina o‘ziga beqiyos ustoz topganini anglab yetib, o‘z ustunligini isbotlashga qanchalar g‘ayrat bilan kirishgan bo‘lsa, shunchalar shijoat bilan Konfutsiyga xizmat qilishga bel bog‘lagan ekan.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: