ZAMBURUFLAR yuqumli…mi?

ulardan qutilishning samarali usullari

Ba’zan yozning jazirama issiq kunlarida ham ochiq poyabzal kiyishni o‘ziga ep ko‘rmaydigan kishilar uchraydi. Ularni oyoqning zamburug‘li kasalligi bezovta qilgani uchun tirnoqlari xunuk ko‘rinishga ega bo‘ladi. Buning ustiga tez-tez yuvilishiga qaramasdan oyoqdan kelayotgan noxush hid ham bu insonlarni yopiq oyoq kiyim kiyishga majbur etadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra sayyoramizda har besh kishining biri shu kasallikka chalingan ekan. Har qanday inson umrida bir marta bo‘lsin zamburug‘ kasalligini beixtiyor yuqtirib olishi mumkin. Oyoq yoki qo‘lning tirnoqlarini zararlovchi zamburug‘ sporalari shaxsiy gigiyenaga amal qilmay birovning oyoq kiyimlarini almashtirib kiyganda, sochiqlardan umumiy foydalanganda, plyajda nam qum orqali, shuningdek, hammomda sintetik yoki tabiiy tolali gilamchalardan, basseyndan (turib qolgan suvda zamburug‘lar yaxshi rivojlanadi), jamoat transportining ushlagichlari orqali yuqadi. Ammo hamisha ham zamburug‘ yuqavermaydi. Bu kasallik ayniqsa, immuniteti past bemorlar, endokrin xastaligi mavjud odamlar, yurak yetishmovchiligi yoki varikoz kasalligida oyoqlarida qon aylanishi buzilgan xastalarda, kasb taqozosi bilan doimo yopiq yoki noqulay oyoq kiyim kiyishga majbur bo‘lgan insonlar (harbiylar, sportsmenlar, shaxtyorlar)da rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shuningdek, kasallik oyoqlarda yoriqlar, qadoqlar mavjud qishilar va tovon terisi qattiq va qalin bo‘lgan odamlarda ham rivojlanishi mumkin.

Zamburug‘ kasalligining ilk belgisida teri shishib, oyoqda va uning barmoqlari orasidagi terida pilchirab turgan, yiringli pufakchalar paydo bo‘ladi. Agar zamburug‘ tirnoqlar orasida joylashgan bo‘lsa, ular qalin tortib, rangi va shakli o‘zgaradi. Tirnoqning tabiiy rivojlanishi buziladi. Ayrim bemorlar kasallik o‘zidan o‘zi o‘tib ketadi deb beparvo bo‘lsalar, ba’zilar o‘z o‘zini davolash bilan shug‘ullanishadi. Ya’ni, zamburug‘lar shikastlangan sohaga yod, “brilliant yashili” – “zelyonka”, sirka eritmasi aralashtirilan suv surtishadi. Ma’lum muddat ushbu dori vositalari ta’sirida xastalikni keltirib chiqaruvchi zamburug‘ sporalari karaxt holga keladi. Ammo, nobud bo‘lmaydi. Balki “kuch yig‘ib, payt poylab yotadi”. Yana ayrim bemorlar shifokor-mikologga murojaat etmasdan, to‘g‘ri dorixonaga borishadi. Biroq, kasallikning tub sababini aniqlamasdan turib bilib-bilmay davolanish faqat zarar keltiradi. Mikoz (zamburug‘li kasallik)ning teri ko‘rinishini zamonaviy dori vositalari yordamida 2-3 oyda davolash mumkin. Albatta, vrach ko‘rsatmasiga asosan. Lekin bu xastalikdan to‘liq forig‘ bo‘lish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish shart va zarur. Shuningdek, davolash jarayonida tirnoq plastinkasi ikki marta to‘liq almashishi kerak. Ya’ni, tirnoq o‘sib zararlangan soha yuqoriga ko‘tarilsa qaychi bilan kesib tashlash darkor. Bunga esa bir yil muddat zarur bo‘ladi. Davo kursi ham shuncha davom etadi. Agar muddatidan oldin davolashni to‘xtatsangiz zamburug‘ning yashab qolishiga sharoit yaratgan bo‘lasiz. Bir kurs davolanishdan so‘ng kasallikka qarshi davoni to‘xtatsangiz zamburug‘ sporalari dori vositalariga qarshi o‘zida immunitet hosil qiladi va ulardan qutilish qiyin bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Mutaxassis maslahati (2012/46-47)

Qanday qilib “boshi berk ko‘cha” dan chiqish mumkin? Yaqin orada xorijda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra 40 foiz holatlarda 1-2 yilda kasallik qaytalanishi mumkin ekan. Xastalikdan so‘ng odam organizmida immunitet hosil bo‘lmaydi. Ko‘pchilik bemorlar yana o‘z uylaridagi buyumlardan kasallikni qayta yuqtirib olishlari mumkin. Organizmni majburan dori vositalari ta’sirida tark etgan zamburug‘lar uy egasining shippagida, hammom yoki hojatxonadagi kichkina gilamchalar (chunki, ular ba’zan nam bo‘ladi)larda yashab qolishi mumkin. Zamburug‘lardan butunlay xalos bo‘lish uchun zararlangan oyoq kiyim va paypoqlarni jigarrang olma sirkasi (oziq-ovqat magazinlarida sotiladi) bilan zararsizlantirish kerak. Buning uchun oyoq kiyimlarning ichiga olma sirkasi surtiladi va selofan paketga solib bir kechayu kunduz dimlab qo‘yiladi. Agar teringiz ta’sirchan yoki allergik kasalligingiz bo‘lmasa oyoqlaringizga olma sirkasining 6 foizli eritmasini surting. Paypoqlarni yaxshilab yuvib, obdon chaygach, siqib olma sirkasiga 1-2 soat botirib qo‘ying. Keyin paypoqlarni siqib oftobning tig‘ida quriting. Yana oyoqlarga maxsus zamburug‘ga qarshi krem surting.

Birovning oyoq kiyimini kiymang. Basseyn yoki hammomda oyoqyalang yurmang. Tez-tez oyoq yalang tosh, qum, tuproq yoki o‘t-giyohlar ustida yuring. Oyoqlaringiz dam olab, ularda qon aylanishi yaxshilanadi. Zamburug‘ yuqtirilgan davrda ishlatilgan sun’iy mocholka va tabiiy luffalar yoki vanna uchun maxsus yasalgan yog‘och panjara hamda gilamchalarni yaxshilab dezinfeksiya (zararsizlantirish) qiling yoki tashlab yuboring. Ko‘rpa-to‘shak jildlarini qaynating, chayib quriting va issiq dazmolda dazmollang. Chunki, zamburug‘ sporalari 100 daraja haroratda nobud bo‘ladi.

Shuningdek, bolgariyalik tabib Vanga buvi retseptlariga asosan achchiq damlangan issiq kofega zamburug‘ bilan zararlangan oyoq yoki qo‘llaringizni solib tursangiz sporalar nobud bo‘ladi. Muolaja bir necha marotaba takrorlanadi.

Cahifani Gulchehra ShIRINOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: