O‘SMIRLIK DANGASALIK…MI?

Alan Donneli boshchiligidagi Limerik universiteti (Irlandiya) olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida zamonaviy o‘smir qizlar kunning juda ko‘p qismini divan yoki stulda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

“The Irish Times” haftalik gazetasining yozishicha tadqiqot ishtirokchilariga harakat faolligini kuzatuvchi moslamalar o‘rnatilgan. Ushbu moslamalar bir hafta davomida ishtirokchilar haqida ma’lumotlarni uzatib turgan. Olimlar tadqiqot natijalaridan bir oz ajablanishdi. Zero, qizlar bir kun davomida 19 soat vaqtini divan va stullarda o‘tkazishini hech kim kutmagan bo‘lishi tabiiy.

Kam harakatlilik kelajakda yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarish xavfini yuzaga keltiradi va surunkali kasalliklarga olib keladi.

Shu sababdan shifokorlar o‘smirlarga hayot tarzini o‘zgartirish, sport bilan muntazam shug‘ullanib turish salomatlikni mustahkamlashini qayta-qayta ta’kidlamoqda.

Yana o‘qing:  Tug‘ilajak bolaning jinsini oldindan rejalashtirish mumkinmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: