JAVOHIRLAR SANDIG‘I
Menga ne ishqu, ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur.
* * *
Bu gulshan ichraki, yo‘qdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot.
* * *
Bordur inson zotida oncha sharaf, –
Kim yamon axloqin etsa bartaraf.
* * *
Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon.
“Mahbub ul-qulub”dan