MTMda bellashuv

Bolalar turli o‘yinlar orqali dunyoni anglaydi. O‘yin ularni ham jismonan, ham ma’nan yetuk bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 328-MTMda “Sog‘lomjon – polvonjon” shiori ostidagi musobaqa ham ana shu ezgu maqsadlarni ko‘zlagan holda o‘tkazildi. Tayyorlov guruhidagi bolalar: “Chempionlar” va “Elburs” nomi bilan ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro kuch sinashishdi. Tashkil etilgan musobaqa shartlari bir-biridan qiziqarli va shiddatli tarzda o‘tib, bolajonlar bellashuv orqali o‘zlarining nechog‘li epchil va chaqqon ekanini namoyon etishdi. Sport bayramiga taklif etilgan mahalla faollari, ota-onalar so‘zga chiqib, bolajonlar tomonidan tayyorlangan quvnoq bellashuv haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.

Tadbir so‘nggida muassasa rahbariyati tomonidan ishtirokchi bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shahnoza KARIMOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: