DILKASH LAHZALAR

Yaqinda, poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan 322-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan bolalarning sevimli nashriga aylangan “G‘uncha” va “Gulxan” jurnallari xodimlari ishtirokida adabiy-badiiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til bayramiga hamda ona Vatanga bag‘ishlangan she’rlarni yoddan aytib berish bilan boshlanadi. San’atga qiziqadigan o‘quvchilar esa Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridan qisqa sahna ko‘rinishi namoyish qilishdi va kelgan mehmonlar, o‘quvchilar olqishiga sazovor bo‘lishdi. “Gulxan” jurnali bo‘lim muharriri Muhabbat Hamidova jurnal faoliyati, ta’lim-tarbiya haqida to‘xtalib o‘tdi. Topishmoqli she’rlarni o‘qib, o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkazildi. “G‘uncha” jurnali mas’ul kotibi Go‘zal Matyoqubova jurnalda chop etilgan qiziqarli hikoyalarni, bo‘lim muharriri Zahro Hasanova esa she’r va topishmoqlardan namunalar o‘qib berishdi. Uchrashuv savol-javob tarzda davom etib, faol o‘quvchilardan Navro‘za Abduraimova, E’zoza Muhiddinova, Otabek Xudoynazarov, Nigina Mamatqulova va boshqalar jurnal xodimlari tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar bilan mukofatlandilar.

Shahnoza KARIMOVA

Yana o‘qing:  SPORTCHILARIMIZNING O‘N TO‘RT MEDALI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: