Moziyning bebaho merosi

2014 yil 15-16 may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada jahon va mamlakatimiz olimlari qatorida qatnashish baxtiga musharraf bo‘ldim. “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi qalbimizga g‘urur va iftixor tuyg‘ularini jo etdi.

15 may kuni konferensiyaning ochilishida muhtaram Yurtboshimiz ishtirok etib, nutq so‘zladi. Prezidentimiz buyuk bobokalonlarimiz mehnati, ilmu fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida so‘zlagani, biz yoshlarga yuksak ishonch bildirganlari menga, men qatori barcha tengdoshlarimga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.

“O‘zbekiston tarixiy shahar mahallalari taraqqiyotining asosiy tamoyillari (Samarqand shahri misolida)” mavzusidagi ilmiy ishimni bugungi kunda yakuniy bosqichlarini tayyorlayapman. Shu bilan birga arxitektura sohasida o‘z faoliyatimni olib boryapman. Kelajakda buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy ilmiy me’rosini chuqur o‘rganib, zamonaviy arxitektura yo‘nalishida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun bor bilim va imkoniyatlarimni safarbar etaman.

Anvarbek AYMATOV,

Sam DAQI katta ilmiy xodimi

Ayni paytda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Qishloq qurilishini loyi­halash” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqichida o‘qish bilan birga “Temuriylar arxitekturasi” mavzusida bitiruv malakaviy ishim ustida izlanish olib bormoqdaman. Unda Zahiriddin Muhammad Bobur davri arxitekturasi muvaffaqiyatlarini ochib berish niyatim bor.

Joriy yilning 15-16 may kunlari Samar­qand shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro konferensiyada ishtirok etishim, arxitektura sohasida yanada puxta izlanishlar olib borishga zamin hozirlaydi.

Ushbu nufuzli anjuman o‘rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq allomalarining ilmiy meroslarini chuqur o‘rganish hamda ularning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasini dunyo afkor ommasiga yetkazish, ilmiy markazlar va 50 ga yaqin mamlakatlardan yig‘ilgan olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarining o‘zaro fikr almashishlari uchun katta imkoniyat bo‘ldi.

“O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada dunyo olimlari allomalarimizning boy meroslari haqida to‘lqinlanib gapirganlarida shunday ulug‘ yurtning farzandi ekanimdan g‘ururlanib ketdim. Ikki kunlik konferensiya butun umr qalbimda muhrlanib qoladi, desam yanglishmayman. Nufuzli tadbir doirasida dunyo olimlari bilan uchrashish va ular bilan fikr almashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Angladimki, bunday konferensiyalar yosh avlodni ma’nan va jismonan sog‘lom, zamon bilan hamnafas bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yana o‘qing:  ShOKOLADLI TORT ORTIQCHA VAZNDAN XOLI ETADI

Aziza YUSUPOVA,

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi, “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: