Tarbiya – kelajak mevasi

Ilk bor ona bag‘rida ko‘z ochib dunyoni ko‘rgan go‘dakning ertaga ulg‘ayib, yurt koriga yarashi uchun bugundan zamin yaratmoq zarur. Shuning uchun ham yurtimizda istiqlolning ilk yillaridan boshlab sog‘lom, baquvvat, o‘z fikri, mustaqil dunyoqarashiga ega farzandlarni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Navqiron avlod ta’lim-tarbiyasiga hukumatimiz tomonidan yuksak g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.

Prezidentimizning mustaqillikning ilk yillarida “Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish degani”, deya aytgan so‘zlari mamlakat istiqbolidagi bosh maqsadini, davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi.

Shuni quvonch bilan aytish kerakki, o‘tgan yillar mobaynida yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimi tubdan isloh etilib, onalik va bolalik muhofazasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda oilaning rolini oshirish, umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishda tarbiyaviy ish uslublarini takomillashtirish, yosh avlod, xususan, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni sportga jalb etish maqsadida turli sport musobaqlari, spartakiadalar, festivallar o‘tkazilmoqda. Izchil va bosqichma-bos­qich amalga oshirilgan sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, “Save the children” (“Bolalarni asraylik”) xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston dun­yodagi bolalar salomatligi to‘g‘risida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi. Yurtimizning bu boradagi tajribasi poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpoziumda jahon hamjamiyati tomonidan yuksak baholandi.

Sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarish, yuksak intellektual va ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan keng miqyosli chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etish maqsadida 2014 yil Yurtboshimiz tomonidan Sog‘­lom bola yili deb nomlandi.

Har bir yilga alohida nom qo‘yish shunchaki an’ana emas, balki davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan asosiy maqsadimiz – zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun puxta hamda chuqur ishlab chiqilgan siyosatdir.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Davlat dasturi faqat bir yilgagina mo‘ljallanmagan, balki istiqlol yillarida bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, uni to‘ldirib turadi. O‘tgan davr mobaynida milliy merosimiz, tarixiy yodgorliklarimizni tiklash, xalqimizning milliy ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar qilindi. Eng muhimi, bunday sa’y-harakatlarning uzluksiz tizimi yaratilgani dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarni amalga oshirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni vatanparvarlik hamda yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga zamin yaratmoqda.

Yana o‘qing:  “Endilikda virusli xastaliklarga qarshi vaksinalar o‘zimizda ishlab chiqariladi”

Nodira MIRZAYEVA,

O‘zDJTU talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: