Bolalar uchun antiqa nonushta
Kerakli masalliqlar: 6 bo‘lak yupqa kesilgan go‘sht yoki kolbasa, 12 bo‘lak buterbrod noni, 150 g pomidor, 6 ta tuxum, tuz va murch.
Tayyorlanishi: Pomidorlar doiracha shaklida kesiladi. So‘ngra 6 ta non bo‘lagining yumshoq joyi olib tashlanadi. Qolgan non bo‘laklari tovaga terib chiqiladi. Non ustiga go‘sht bo‘laklarini qo‘yib chiqiladi. Ustidan o‘rtasi olingan non bo‘laklari, uning o‘rtasiga pomidorlar qo‘yiladi. Har birining ustiga bittadan tuxum chaqiladi. Ozgina tuz va murch sepiladi. Duxovkaga qo‘yib, 180 darajali haroratda 20-25 daqiqa pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!
Guli NOZ