Tovonlar uchun uqalagich
Faoliyati sabab, kun bo‘yi o‘tirib mehnat qiladigan kishilar hamda sog‘ligini boy berib, oyog‘i xastalangan bemorlar o‘z salomatligini mustahkamlashlari uchun uncha murakkab bo‘lmagan jismoniy mashqlarni bajarishlari zarur. Biroq, tovonlar uchun uqalagich paydo bo‘lishi bilan oyoqlarni sog‘lomlashtirish borasida ortiqcha tashvishga o‘rin qolmaydi.
Mazkur qurilma mushaklarni harakatga keltirib, tanada qon aylanishini yaxshilaydi. Tovonlar uchun o‘rnatilgan har bitta lappakdagi uchtadan tebranishli boshchalar asosiy ishni bajaradi. Bundan tashqari har ehtimolga qarshi sovuq kunlarni hisobga olgan holda ushbu uqalagichga isitgich ham o‘rnatilgan.
Dizaynerning fikriga ko‘ra, mazkur qurilma oyoqdagi shishlar, varikoz va tromboz kasalliklarini bartaraf etishda ham qo‘l keladi.
MEHRIBONU