Emlashdan keyin nimalarga ahamiyat qaratish lozim?

Har bir bola yoshligida og‘ir va har xil kasalliklarga chalinmasligi uchun emlashni boshidan o‘tkazadi. Emlash ko‘p holatlarda reaksiya berishi ham mumkin. Ammo u shifokorlar tomonidan to‘g‘ri amalga oshirilsa, deyarli salbiy ta’sirlar bo‘lmaydi. Buning uchun ota-ona ham bolasini emlatish qoidalarini bilishi kerak.

  1. Bolada shamollash alomati kechayotga bo‘lsa, emlash mumkin emas. Butunlay tuzalgandan so‘ng, emlashni amalga oshirsa bo‘ladi;
  2. Emlashlar orasidagi muddat kamida 1 oy bo‘lishi kerak;
  3. Yozning chillasida bolani emlash tavsiya etilmaydi;
  4. Emlashdan oldin va undan bir necha kun keyin bola bilan odamlar ko‘p to‘plangan joylarga bormaslik tavsiya etiladi;
  5. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar ratsioniga emlashdan bir necha kun oldin va keyin yangi mahsulotlarni kiritish mumkin emas;
  6. Emlash davrida emizishni davom etish juda muhim;
  7. Bolani emlayotganingizda bola va uning oila a’zolari sog‘lom bo‘lishi kerak;
  8. Emlashdan so‘ng bolani kamida bir kun davomida cho‘miltirmaslik lozim.
    Ta’qiqlanadigan holatlar
  9. Agar bolada oldin qaysidir privivkaga qattiq reaksiya bo‘lgan bo‘lsa, shu turdagi privivkani olishdan oldin vrachga bolada bo‘lib o‘tgan reaksiya haqida xabar bering;
  10. Bolada isitma bilan bog‘liq bo‘lmagan tutqanoq (sudorga) holati bo‘lgan bo‘lsa;
  11. Epilepsiya kasalligi bo‘lsa;
  12. Bola kasal bo‘lib, isitmasi chiqayotgan bo‘lsa;
  13. Qilinayotgan privivka kasalligi yuqib bo‘lgan bo‘lsa;
  14. Emlanishdan so‘ng bola boshqa mamlakatga ketayotgan bo‘lsa.

Ahamiyat bering…
Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p ichimlik ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.
Emlashga bo‘ladigan reaksiya ko‘pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortig‘i boshqa kasallik yoki allergik holat mavjudligidan dalolat berishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda shifokorga murojaat qilish talab etiladi.

F.RAHIMOVA tayyorladi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: