Sochga erta oq tushishining sababi nimada?

Soch oqarishi – keksalik davrida yuz beradigan tabiiy jarayon. Biroq turli omillar tufayli ayrimlarda bu holat ancha oldin ham boshlanishi mumkin. Buning sababi nimada?

Sochga melanin pigmentini ishlab chiqaradigan melanotsit hujayralari rang beradi. Yosh o‘tgan sayin ularning faolligi pasayishi tufayli melanin hosil bo‘lishi kamayadi va oqibatda soch oqara bosh­laydi. Sochga erta oq tushishining eng asosiy omili irsiy moyillik hisoblanadi. Melanotsitlarning soni va faolligi, avvalo, genlarga bog‘liq. Agar insonning yaqin qarindoshlarida soch barvaqt oqargan bo‘lsa, katta ehtimol bilan unda ham bu jarayon yoshlikdan boshlanadi.

Sochga erta oq oralashiga surunkali stress ham sabab bo‘ladi. Zo‘riqish, tez-tez asabiylashish hujayralar, shu jumladan melanotsitlar tezroq qarishiga olib keladi. Natijada soch o‘zining tabiiy rangini yo‘qotib, oqaradi.

Bundan tashqari, V12, D3 vitaminlari, shuningdek mis, temir va rux soch hamda teri salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois ularning yetishmasligi melanin ishlab chiqarilishining pasayishiga olib kelishi mumkin.


Sochda oq tolalarning erta paydo bo‘lishi doim ham irsiy mo­yillik va stressga bog‘liq bo‘lavermaydi. Bunga gormonal o‘zgarishlar, shuningdek, vitiligo, areata alopetsiyasi kabi autoimmun hamda gipertireoz, gipotireoz va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq bosh­qa kasalliklar ham ta’sir qilishi mumkin.


Havo ifloslanishi va kuchli ­ultrabinafsha nurlari, nosog‘lom turmush tarzi, chekish, alkogol ichimliklarni iste’mol qilish ham soch va teriga zarar yetkazib, qarish jarayonini tezlashtiradi hamda sochlarning erta oqarish xavfini oshiradi.

Soch erta oqarishining oldini olish uchun nimalarga amal qilish kerak?
– stress va zo‘riqishdan saqlaning;
– to‘g‘ri va vaqtida ovqatlaning. V12, D vitaminlari, biotin va ruxga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling;
– kuniga kamida 7-8 soat uxlang;
– zararli odatlardan voz keching;
– yetarli miqdorda suv iching;
– sochni to‘g‘ri parvarish qiling. Fen, dazmol va boshqa vositalardan kamroq foydalaning;
– sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy faollik qon aylanishini yaxshilab, sochga ko‘proq ozuqa moddalari yetib borishini ta’minlaydi.

Avaz INOYATOV,

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya

ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: