Alomatlarsiz isitma nima sababdan chiqadi?

Isitma – turli kasalliklar belgisi. Ammo tibbiyotda alomatlarsiz tana harorati ko‘tarilishi holatlari ham uchrab turadi. Bunday vaziyatda yanglish tashxis va noto‘g‘ri muolaja bemorning salomatligini xavf ostida qoldirishi mumkin.

Dori isitmasiga to‘xtalsak, avvalo, har bir inson organizmi individual xususiyatga egaligini ta’kidlash joiz. Shu sababli bir dori vositasi ikki bemorga ikki xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biri shu malham tufayli kasallikdan xalos bo‘lsa, boshqasi salomatligini xavf ostida qoldirishi hech gap emas.
Dori isitmasi organizm­ning qabul qilingan ma’lum preparatlarga nisbatan javob reaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan asosan o‘zboshimchalik bilan, shifokor tavsiyasisiz turli dori-darmonlarni qo‘llovchilar aziyat chekishi ehtimoli katta.


Bunday sindrom odatda ma’lum bir dorini qabul qila bosh­lagandan so‘ng 7-10-kunlar oralig‘ida yuzaga keladi. Bemor doimiy yoki vaqti-vaqti bilan ko‘tarilib turuvchi isitmadan aziyat chekadi.


Oqibatda bora-bora tana harorati 39-40 darajaga yetib, kuchli titroq paydo bo‘ladi. Qon tarkibida eozinofillar (leykotsitlar) soni ortib ketishi kuzatiladi.
Vaqt o‘tishi bilan isitmadan tashqari tanada dorilarga nisbatan yuqori sezuvchanlik alomatlari bo‘lgan eshakemi, purpura, qizil toshmalar paydo bo‘ladi.
Ba’zi hollarda mazkur patologiya yanada og‘irroq asoratlar – arterit, eksfoliativ dermatit, gemolitik anemiya, qonda trombotsitlar miqdori kamayishi bilan kechadi. Bunday simp­tomlar toki o‘sha preparatni qo‘llash to‘xtatilgunga qadar davom etadi.
Biroq tibbiy amaliyotda dori isitmasini aniqlash birmuncha murakkab jarayon. Buni barcha shifokorlar ham to‘g‘ri tashxislay olmaydi. Oqibatda noto‘g‘ri buyurilgan muolaja ayrim dorilarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlar ahvolini yanada og‘irlashtirib yuborishi xavfi mavjud.

Ko‘pincha dori isitmasiga sulfanilamidlar, antibiotiklar, talvasa (sudorogi) va yallig‘lanishga qarshi preparatlar, zardoblar, yurak-qon tomir hamda markaziy asab tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi dorilar hamda tarkibida yod saqlovchi kontrast moddalar sabab bo‘ladi.


Ba’zi hollarda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dorilar, aspirin va uning analoglari, qolaversa, turli vitaminlar ham xastalikni qo‘zg‘atish xususiyatiga ega.


Bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shunday patologiyalarga eng ilg‘or diagnostika vositalari yordamida va yuqori malakali mutaxassislar tomonidan aniq tashxish qo‘yish va samarali davolash imkoniyati yaratilgan.

Ilmira RAZIKOVA,

Respublika ixtisoslashtirilgan

allergologiya va klinik immunologiya

Yana o‘qing:  TIBBIYOTGA OID XALQARO KO‘RGAZMA

ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: