OIV infeksiyasi nima?

OIV infeksiyasi manbai – bemor odamlar bo‘lib, yashirin davr bir necha oydan 10-15 yilgacha davom etishi mumkin. Bu davrda kasallik belgilari namoyon bo‘lmaydi va OIV bilan zararlangan shaxs sog‘lom ko‘rinadi. Bemor o‘zini OIV bilan zararlanganini bilmagan holda, boshqalarga kasallikni yuqtirish xavfi yuqori bo‘ladi.

OIV 3 xil yo‘l bilan yuqadi:

— jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqishi — bu sog‘lom turmush tarziga amal qilmaganda, begona OIV infeksiyali shaxs bilan himoyalanmagan betartib jinsiy aloqada bo‘lganda;

— parenteral yuqish yo‘li — bunda organizmning teri va shilliq qavatlari butunligi buzilganda;

 — vertikal yuqish yo‘li  – OIV-infeksiyali ayoldan bolaga homiladorlik davrida jarohatlangan yo‘ldosh orqali(transplatsentar), tug‘ish paytida (intranatal) va ona suti bilan emizishda (postnatal) yuqishi  mumkin.

Ma’lumki, yurtimizda OIV/OITS kasalligi bo‘yicha olib boriladigan barcha davolash va profilaktik tadbirlar bepul o‘tkaziladi.

Butun dunyoda, jumladan, mamlakatimizda ham aholi o‘rtasida kasallikning jinsiy yo‘l bilan yuqishi gumon qilingan holatlar yetakchi o‘rinda turadi. Yoshlar va o‘rta yoshli aholining sog‘lom turmush tarziga rioya qilmasligi, chet davlatga yashash va ishlash uchun ketgan shaxslarning betartib jinsiy hayot kechirishi, oilasida turmush o‘rtog‘iga nisbatan xiyonat qilish natijasida kasallikni yuqtirib olish va boshqalarga yuqtirish holatlari davom etmoqda.

Aytish joizki, sog‘lom avlod dastlab oilada shakllanadi. Shunday ekan,  sog‘lom avlodni dunyoga keltirish, farzandlarni ma’naviy yetuk tarbiyalash, yoshlarning kelajagi uchun sog‘lom sharoit yaratish hamda oilaviy munosabatlar madaniyatini takomillashtirish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish juda muhimdir.

Toshkent shahar SPIDga qarshi kurashish markazi, shahar IIBB bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurash oyligi” doirasida “Biz narkomaniya, ichkilikbozlik va chekishga qarshimiz!” mavzusida bir qator aksiyalar, turli salbiy illatlarga qarshi kurash borasida ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari o‘rtasida “Trans-milliy jinoyatchiliklarga qarshimiz!” shiori ostida “OIV va OITS” – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Odam savdosi” – qullikka rozi bo‘lmaymiz!”, “Diniy ekstrimizm-missionerlik, terrorizm” mavzularida tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yoshlarning barkamol ulg‘ayishi va sog‘lom voyaga yetishlarida muhimdir. 

Respublikamizda aholi salomatligini asrashda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va erta aniqlash hamda davolash choralarini o‘z vaqtida olib borilishi tibbiyot xodimlarining asosiy vazifasidir  va bu borada e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Muqaddam MIRZAYEVA,

Yana o‘qing:  “Metan” shoxobchalaridagi noqulaylik qachon bartaraf etiladi?

Toshkent shahar OITS ga qarshi kurashish markazi uslubiy,

profilaktika va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil etish bo‘limi sanitariya vrachi,

oliy toifali  shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: